238
tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga
tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga
qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar
sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga
qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik
chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markaz-
laridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich
sifatida namoyon bo‘ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
1. Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga
qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.
2. Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum
ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir
iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor
tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: