O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   235
marketing

Narx qulayligi
. Raqobatchilar mahsulotlarga ko‘ra sizning 
firmangiz mahsuloti va uning narxini ijobiy qabul qilgan xaridor o‘zida 
qoniqish hosil qiladi. Katta hajmdagi ulgurji xaridorlardan bitim tuzish 
orqali «narxning qulayligi»dan xaridor ko‘p iqtisod qiladi. Ya’ni foyda 
ko‘radi. O‘zida bor pulga narx arzon bo‘lgani uchun 1 tonna emas, 1,5 
tonna mahsulot sotib olish imkoni tug‘iladi. 
Xaridorda narxdan qoniqishni ko‘tarish uchun bir necha imkoniyat-
lar mavjud. 
Birinchi imkoniyat - turli aksiyalar, bayram chegirmalari, mavsumiy 
chegirmalar, sovg‘a qo‘shib sotish, sotuvdan so‘ng kafolatlangan bepul 
servis ko‘rsatish kabilar xaridorning narxdan qoniqishini oshiradi. 
Ikkinchi imkoniyat – narxlarni shunday shakllantirishdan iboratki, u 
xaridorni o‘ziga tez jalb qilsin. Masalan, A mahsulot – 600 so‘m,
B mahsulot – 1000 so‘m, bular orasidagi 400 so‘m farq xaridor ko‘ziga 
tez tashlanadi. Boshqa mahsulotning narxi 20000 so‘m, ikkinchisiniki -


274 
19600 so‘m, bu yerdagi 400 so‘m farq esa xaridor tomonidan sezilmas-
ligi ham mumkin. Demak, bundan shunday xulosa qilish mumkinki
narxdagi farqlar absolyut holda qabul qilinmaydi. Bu yerda narx 
«ostonalari» ahamiyatga ega bo‘lib, masalan, bir qator kichik narx 
ko‘tarilishlari birdaniga katta narx ko‘tarilishiga qaraganda iste’molchi 
tomonidan yengilroq qabul qilinadi. 
Chakana savdoda yaxlit narxlardan ko‘ra «siniq» narxlar ko‘proq 
qo‘llanadi. (6000 so‘m o‘rniga 5,899 so‘m xaridor tomonidani yaxshiroq 
qabul qilinadi). 
Narx xavfsizligi 
tushunchasi xaridor haqiqatdan ham taklif 
qilinayotgan narx u uchun manfatli ekanligiga ishonch hosil qilinishini 
bildiradi. Narx xavfsizligini oshirishning 2 yo‘li bor. 
1.
Tovar sifatini turli tadbirlar orqali iste’molchiga talqin qilish, 
yetkazish, sifatini kafolatlash, iste’molchiga tovar sifati yoqmasa 
qaytarib olish shartini taklif etish kabilar iste’molchiga tovar sifatiga 
ishonchni orttiradi va narx xavfsizligini bildiradi. 
2.
Narx xavsizligi reklama orqali ite’molchiga yetkazilishi uning 
narxi tovar naflilik darajasiga mos kelishini bildirishdan iborat.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin