280
mablag‘ olish maqsadidagina foydalanadilar. Ular o‘z tovarlari uchun
“birinchisini – bozorga” degan obro‘ yaratadilar
va bir qancha vaqtdan
keyin o‘z xaridorlarini katta ishlab chiqarish va sotish quvvatiga ega
boshqa firmalarga “beradilar”.
Yuqori narx strategiyasi korxonalar tomonidan ko‘pincha o‘z
tovarlarini, uning bahosini sinovdan o‘tkazish (tekshiruv, sinovlardan
o‘tkazib, ma’qullatish), narxini asta-sekin maqbul darajaga keltirish
uchun qo‘llaniladi. Agar yuqori narxlar savdoning o‘ta past hajmiga,
foydaga sabab bo‘lsa, korxona tanlov asosida narxni to savdo natijalari
uning istagiga javob beradigan darajaga yetguncha pasaytiradi.
Yuqori narxlar davrida firma: bozorning
yangi segmentlarini
aniqlash (dastlab yuqori narx strategiyasi narxga nisbatan sezuvchan
bo‘lmagan segmentlarda o‘tkaziladi), talab, ishlab chiqarish xarajatlari
haqida axborotlar olish, o‘xshash mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar
tomonidan narxga nisbatan javob reaksiyasini kechiktirish,
mahsulotni
sifatli mukammallashtirish, yangi mahsulot tadqiqotlari va ishlanmalari
bilan bog‘liq xarajatlarni avval qoplash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Yuqori narx strategiyasi firmaga, agar hisob-kitoblarda xatoga yo‘l
qo‘yilgan bo‘lsa, narxni pasaytirishga imkon berishi mumkin. Tovar
narxini pasaytirish uni oshirishdan oson.
Yuqori narx strategiyasi quyidagi hollarda yuqori natija beradi:
−
yuqori narx tovarning yuqori sifat tarzini saqlaydi;
−
narxga nisbatan e’tiborsiz bo‘lgan ko‘p
sonli xaridorlar
tomonidan joriy talabga yuqori barqaror daraja kuzatiladi. Bunday
hollarda katta miqdordagi mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar
yo‘qolishi kam sonli mahsulotlarni dastlabki yuqori narxlarda
sotilganiga nisbatan uncha sezilarli bo‘lmaydi;
−
yuqori va me’yordagi narxlar orasidagi farq uncha katta emas,
chunki bunday hollarda bozorga raqobatchilar «yorib kirishi»ga sharoit
yaratilmaydi;
−
raqobat
chegaralangan;
−
tovarning uncha katta bo‘lmagan hajmi chiqarilganda mahsulot
birligiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlari darajasi ishlab chiqarish
quvvati to‘liq ta’minlanib ishlaganda qilinadigan xarajat darajasidan
unchalik oshmaydi;
−
bozorga kirish uchun anchagina to‘siqlar mavjud (patentlar,
tovarlar ishlab chiqish bo‘yicha xarajatlarning yuqori darajasi,
281
mahsulotlarni bozorga yo‘llash bo‘yicha vaqtiga ko‘ra katta va davomli
xarajatlar va boshqalar).
Dostları ilə paylaş: