O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   235
marketing

Narx yetakchiligi strategiyasi. 
Firmalar tovar yoki xizmatga bozor 
narxini belgilovchi va raqobatchilari ergashishga majbur bo‘ladigan 
narxlar o‘zgarishida tashabbus ko‘rsatuvchi narx yetakchisi sifatida 
chiqadi. Narx yetakchilari bozordagi kuchli pozitsiyalari tufayli o‘z 
narxlarining barqarorligini saqlay oladigan ustun turuvchi firmalar va 
barometrik narx liderlari – bozor sharoiti o‘zgarishlariga yetakchi 
narxining o‘zgarishli moslasha olish qobiliyatini tan oladigan boshqa 
ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi firmalar 
hisoblanadi. 
Narx yetakchisiga ergashish strategiyasi. 
Ushbu strategiyani 
qo‘llay borib, firma, hatto xarajatlari va uning mahsulotlariga talab 


284 
o‘zgarganda ham o‘z narxlari o‘zgarishining tashabbuskori bo‘la 
olmaydi. U raqobatchilari (narx yetakchisi) narxi o‘zgarishini e’tiborga 
oladi va unga moslashib oladi.
 
Narxlar urushi. 
Bu strategiya narxlarni tajovuzkorona ravishda 
tushirilishiga asoslangan. Narxlar urushi, odatda, mahsulotga talab 
kamayib, buning oqibatida bozorda ortiqcha takliflar yuzaga kelganda 
paydo bo‘ladi. Chunki narxlar urushi ishlab chiqaruvchilar oladigan 
foydani kamaytiradi.
 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Baho nima? 
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qanday narxlar mavjud? 
3. Erkin narx deganda nimani tushunasiz? 
4. Narxga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering. 
5. Narx strategiyalarini tushuntiring. 


285 
 
 
 
 
XI bob. SOTISH SIYOSATI 
11.1.Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning 
tuzilishi 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin