286
•
xarajatlarni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarishni rivoj-
lantirish;
•
tovar sotuvini samarali yo‘llar bilan tashkil etish;
•
sotuv hajmlarining oshishi, maqsadli bozorlarga tovarni
yetkazish.
Savdo kanallarini ularni tashkil etuvchi darajalar soni bo‘yicha
tavsiflash mumkin.
Vositachilar darajasi – tovarning yaqinlashuvi va unga oxirgi
xaridorning mulk egasi huquqi bo‘yicha ma’lum ishlarni bajaruvchi har
qanday vositachi.
Mustaqil darajalar soni savdo kanali vositasi uzunligini belgilaydi.
Belgilangan ishni ishlab chiqaruvchining o‘zi va oxirgi iste’molchi
bajargani uchun ular ham istalgan vosita tarkibiga kiradilar. Uzunligiga
bog‘liq holda savdo kanallari (vositalari)ning quyidagi turlari farqlanadi.
Eng soddasi nol darajali kanal (vosita) hisoblanadi. U tovarni
bevosita iste’molchilarga sotuvchi ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: