O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   235
marketing

To‘g‘ri marketing
- bu xaridor bilan turli vositalar orqali to‘g‘ridan 
to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan 
iborat. 
Franchayzing 
- bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan 
biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer 
firmasining tovar markasi, nomlanishi va reklamasidan foydalanib, 
tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita 
qatnashadi. AQShda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi 
orqali amalga oshiriladi. 
Tovarni peshtaxta orqali sotish 
- tovar sotishning odatdagi usuli 
bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma 
asosiy elementlari, chunonchi, tovarlarni ko‘rsatish va uning 
assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan 
tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi. 
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish 
usulida 
savdo maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma 
tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar 
savatlar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi 
do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi. 


292 
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish
da xaridorlar sotuvchining ish 
joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va 
yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin. 
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli 
sharoitida 
xaridor savdo maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli 
tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning 
haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki 
qo‘shimcha haq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin