356
digan reklamani radioda, televideniyeda berish yoki gazetaga joylash-
tirish lozim. Texnik ma’lumotlarning sezilarli miqdorini o‘zida aks
ettirgan reklama murojaatini ixtisoslashtirilgan jurnalda yoki pochta
tarqatmalarida berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Va nihoyat, oxirgi
o‘zgaruvchi-qiymatdir. Televizion reklama gazeta singari sezilarli
darajada qimmat. Odatda, reklama murojaati qiymati mingta aloqa
hisobidan hisobga olinadi.
Reklama tashuvchilar haddan tashqari ko‘pligini hisobga olib,
media – rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis o‘z budjetini axborot
vositalarining asosiy turlari bo‘yicha taqsimlashdan boshlashi kerak.
Bunda e’tibor asosan, defitsitga qaratiladi, shu bois, reklama unga darhol
e’tibor qaratilishi uchun alohida o‘ziga xoslikka ega bo‘lmog‘i lozim.
Reklama budjeti haqida qaror qabul qilishda iste’molchining egri
chiziqli reaksiyasi “S” tarzidagi shaklga ega bo‘lishini anglash kerak.
Dastlabki samara qandaydir bir qancha savdodan sezilarli natija olinsa,
reklamaning hajmini ko‘paytirib berish lozim, biroq oqibatda savdoning
o‘sishi nolga teng bo‘lib qolish ehtimoli ham mavjud. Uzoq vaqtlar
davomida reklamaning yetakchi vositasi televidiniye bo‘lgan. Keyingi
yillarda tadqiqotchilar telereklamalar samarasi pasayganini, bunga
axborot dunyosi kuchaygani (roliklar qisqaroq bo‘lib, umumiy soni
ortadi), reklama bloklari namoyish qilinayotgan paytda kanallarning
faolroq almashtirilishi (bunga, ayniqsa, yangi-yangi kanallar paydo
bo‘layotgani juda ham yordam bermoqda) va yangi kabel va yo‘ldosh
kanallar paydo bo‘lishi munosabati bilan ko‘rsatuvning umumiy qisqa-
rishi ham sabab bo‘lmoqda.
Tashqi reklama – reklama shakllarining ko‘plab xildagi variantlarini
o‘z ichiga oluvchi juda katta kategoriya. Iste’molchilar e’tiborini jalb
etishga urinib, firmalar ijodiy reklamalar yaratadilar va ularni eng
kutilmagan joylarga joylashtiradilar. Bunday yondashuvning mantiqiy
jihati shundaki, odamlar bilan ular bo‘ladigan joylarda: ishda, dam olish
joylarida va albatta, do‘konlarda aloqada bo‘lish kerak. Tashqi reklama-
ning quyidagi turlarini: reklama shitlari (taxtalari), jamoatchilik joylari-
dagi reklamalar, tovarlarni syujet (manzara)larga va xarid joylarida
(chakana do‘konlarda) joylashtirish orqali reklama qilish kabilarga
ajratish mumkin.
Axborotlarning muqobil vositalari firmalar uchun qator qiziqarli
imkoniyatlar beradi. Bugun iste’molchilarda qayerda uni ko‘rishga bir
necha daqiqa, hatto soniya vaqt bo‘lsa, o‘sha joyga reklama o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: