361
To‘g‘ridan to‘g‘ri (bevosita) savdo, asosan, ishlab chiqarish vosita-
lari bozorida tarqalgan. To‘g‘ridan to‘g‘ri sotishlar asosiy tur xomashyo-
larni qayta ishlash sanoatlariga yetkazib beruvchi neft, ko‘mir, stanok
qurilishi kompaniyalari kabilar uchun xarakterli. Jahon tajribasi
ma’lumotlariga ko‘ra, mashina va uskunalarning 2/3 ga yaqin qismi
eksport ta’minlanishi savdo bo‘limlari, filiallar, agentlar, vositachilar
orqali amalga oshiriladi, faqat 1/3 qismigina oraliq savdo bo‘g‘inlari
tomonidan bajariladi.
Keng iste’mol tovarlari bozorida to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo yorda-
midan kam foydalaniladi. Ishlab chiqaruvchi bevosita iste’molchilar
bilan ishlasa, u to‘g‘ridan to‘g‘ri savdoning bevosita marketing va
shaxsiy sotish turlaridan foydalanishi mumkin.
Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) marketing – bevosita reklama orqali
bevosita iste’molchilarga, ulardan reklama murojaatlariga to‘g‘ridan
to‘g‘ri javob olish uchun mo‘ljallangan. Bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri)
marketingning quyidagi turlari mavjud: pochta bo‘yicha bevosita
marketing, kataloglar bo‘yicha marketing, telemarketing, televizion
marketing va elektron savdo.
Pochta orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing (“direkt-meyl”) – pochta
jo‘natmalarini (xatlar, reklamalar, namunalar va b.) potensial mijozlarga
tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan marketing. Tarqatiladiganlar
ro‘yxati ma’lum guruhdagi tovarlarning eng ishonchli xaridorlari
ro‘yxati asosida shakllantiriladi.
Kataloglar bo‘yicha marketing – kataloglar vositasidagi to‘g‘ridan
to‘g‘ri marketing, mijozlar yoki ularning vakillari tomonidan
do‘konlardan tanlangan tovarlar jo‘natiladi.
Shaxsiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish eng avval firmaning
marketing strategiyasini amalga oshirishda savdo xodimi o‘ynaydigan
rolni belgilab olishni talab qiladi. Buning uchun firma har bir tovar
bozorida o‘z mijozlari bilan o‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqa xarakterini
aniqlab olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: