408
savdo texnologiyasi xalq iste’moli tovarlarini
ishlab chiqarish korxona-
laridan iste’molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va
aholining ana shu tovarlarga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish
uchun eng zarur shart-sharoitlar kompleksi
sifatida chakana savdo
korxonalarining o‘zida yaratilishi lozim.
Savdo markasi
(ingl. trademark) —
yuridik jihatdan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan so‘z yoki so‘zlar, nom, rasm, timsol yoki boshqa grafik
tasvirdan iborat bo‘lgan obyekt.
Savdo tizimi
— xaridor va sotuvchi muloqoti
rejimida savdo
amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning
maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyat-
larni ta’minlaydi.
Sanoat reklamasi
— aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki
sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan
reklama
bo‘lib,
business to-business advertising,
ya’ni mijoz kompaniyalar uchun
reklama, deb ham ataladi. Ilgari
savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan
bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Servis paneli
(service panel) —
xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola
etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli.
Segmentlashtirish
(ingl. segmentation)
—
marketing rejalashtirishida
bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir-
biridan ajratishdir.
Sinama marketing; test marketing
— bitta yoki tanlab olingan bir
necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish.
Dostları ilə paylaş: