Iste’molchilar
-bozorda o‘z talab va ehtiyojlarini qondirish maq-
sadida firmalarining tovar va xizmatlarini sotib oluvchi firmalar yoki
alohida jismoniy shaxslardir. Iste’molchi bozorda - shoh. Shuning uchun
marketologning asosiy vazifasi iste’molchini doimo o‘rganish, uning
xohishini aniqlash, tahlil qilishdan iborat.
Firma
- bu korxonadan farqli o‘laroq ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi.
Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish
tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati
uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va
boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin. Bozor
munosabatlariga o‘tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar
vujudga kelmoqda.
Nazorat uchun savollar
1.
Marketing tizimi haqida tushuncha bering.
2.
Marketingni boshqarish, deganda nimani tushunasiz?
3.
Marketing xizmatini tashkil etish funksiyalari nimalar bilan
bog‘liq?
4.
Gorizontal marketing tizimi, deganda nimani tushunasiz?
5.
Marketing xizmatining asosiy funksiyalarini ayting.
9.
Marketingda boshqarish jarayonini tushuntiring! Firmaning
marketing muhiti nima ?
10.
Marketingning makro muhitiga qaysi omillar kiradi?
11.
Korxonaning mikro muhit omillari qaysilar?
109
12. Raqobat sharoitida kompaniyalar faoliyatiga marketingning
qanday muhiti ta’sir ko‘rsatadi?
13. Firmangizning mikromuhitini tasvirlab bering.
14. Firmangiz makromuhit omillarining o‘zgarishini qanday qabul
qildi?
15. Firmangiz duch kelayotgan raqobatchilar guruhi haqida gapirib
bering.
16. O‘quv yurtingiz yonida yangi oshxona ochishni o‘ylab yurgan
tadbirkor duch keladigan raqobatning 4 turi haqida gapirib bering. Nima
uchun ular tadbirkorga halaqit berishlari mumkin?
17. Atrof-muhitning ahvoli jamoatchilikni kundan-kunga xavotirga
solmoqda. Aytingchi, plastik qadoqlashdan foydalanuvchi korxona
faoliyatiga bu tendensiya qanday ta’sir etadi?
18. Yarim fabrikatlar ishlab chiqaruvchi Rossiya oziq-ovqat sanoati
kompaniyasi yutuqlariga yaqin yillarda makromuhitning qanday
tendensiyalari ta’sir etadi?
19. “Kitoblar olami” do‘koniga tashrif buyuruvchilarning kitob
xarid qilgan qismini foizlarda baholash kerak. Bunday vaziyatda axborot
yig‘ishning qanday usulidan foydalanish maqsadga muvofiq?
|