170
asosiy funksiyaga qo‘shimcha ravishda qo‘shimcha narx evaziga har xil
ikkinchi darajali funksiyalarning bajarilishiga olib keladi.
«Kontrsegmentatsiya»
strategiyasi esa,
aksincha, tovarlarni hech
qanday «bezaklarsiz» taklif qilishga qaratilgan bo‘lib, bunda arzon
narxlarda sotiladigan qo‘shimcha variantlar soni eng kam bo‘ladi.
Firmalar gullab-yashnagan paytlarida tobora mayda segmentlarga
ajratish strategiyalarini qo‘llar edilar. Bu
strategiyalar esa markalar
sonining ko‘payishiga olib kelar, natijada ishlab chiqarish va savdo
xarajatlari hamda sotuv narxlari ortib ketar edi.
Iqtisodiyotning va ijtimoiy muhitning tebranib turishi tufayli yuz
bergan o‘zgarishlar iste’molchilarni
«narxdan qoniqish» nisbatiga
ko‘proq e’tibor beradigan qilib qo‘ydi. Endilikda iste’molchilar
tovarning narxlari bilan uning xarakteristiklarini solishtirib ko‘rishga
yaxshiroq tayyorlanganlar, ularning tovari narxi maxsus talablarga
kamroq darajada moslashtirilganligi tufayli arzonlashtirilgan,
deb qabul
qilishga ko‘proq moyildirlar. Ko‘pgina g‘arb mamlakatlarida
«markasiz»
tovarlarning muvaffaqiyat qozonganligi ushbu evolutsiyani
yana bir bor tasdiqlaydi. Shu munosabat bilan ba’zi sektorlarda va
avvalo, ommaviy iste’mol tovarlari sektorida tovarlarni ataylab
soddalashtirish
tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni cheklangan funksiya-
larga ega bo‘lgan tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar
standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli ishlab chiqaruvchi-
larga ko‘proq daromad keltirmoqda.
Shunday qilib, «kontrsegmentat-
siya» -
«narxdan qoniqishi»
mezoniga asoslangan segmentlashdir.
Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubor-
maslik kerak. Differensiatsiya - bu ikki xil darajadagi
xilma-xil tovarlar-
ga tayanuvchi:
a) bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida;
b) bir ishlab chiqaruvchining turli segmentlarga mo‘ljallangan
tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni anglatuvchi tushunchadir.
Differensiatsiya – tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi
hisobiga yaxshilashga asoslangan. Konseptual differensiatsiya tovar
taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar
o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning turli segmentlariga
yo‘naltirilgan tovarlari o‘rtasida tovar taklifining
turli variantlarini
ishlab chiqishdir (J.J.Lamben).
171
Agar iste’molchilar tovarlarni turlicha, deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z
muammolarining yechimlarini turlicha, deb tasavvur qilsalar,
bu tovarlar
differensiatsiyalangan bo‘ladi.
Differensiatsiya - tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘lsa,
segmentatsiya - bozorni tashkil qiluvchi potensial xaridorlar ehtiyoj-
lariga asoslangan. Iste’molchilar bir jinsli emasliklari tufayli firmalar
o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangilashga majbur
bo‘ladilar. Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: