185
hisobga olgan holda o‘z mahsulotlari haqidagi ma’lumotlarni xaridorlar
foydalanishi uchun tushunarli qilishni talab qiladi. Keyin tovarning tekin
namunalarini ko‘rsatish (berish), reklama, servis, xaridorlarning xarid
qilish haqidagi fikrlarini o‘rganish, tovarni almashtirish, pulni qaytarish,
bozorga yanada sifatli tovar chiqarish zarur.
Iste’molchilarni o‘rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini
to‘laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iborat.
Iste’molchilarning talabini to‘laroq qondirish uchun avvalo, mavjud
ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o‘sish qonuniyatlarini o‘rganish va
yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma’lumotlarga ega bo‘lish
talab etiladi.
Iste’mol tovarlarini xarid qilish turli xaridorlar guruhi bo‘yicha
turlicha xususiyatlarga ega. Bu odatda, xaridorning tayinli tovarga
munosabati, xarid ishtiyoqi va fe’l — atvori (talabi) ga ko‘p jihatdan
bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: