190
General motors 8-14 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan «Sport
mustrated for kids» jurnalining may sonida «Chevy ventore» avtomobili
to‘liq holda reklama qilindi. Bu Generall Motors kompaniyasining «orqa
o‘rindiqda o‘tiruvchi» iste’molchilar e’tiborini o‘ziga qaratish uchun
qilgan bir urunishi edi. «Ventore» savdo belgisi menejeri bu
avtomobillarni unevermaglarning savdo markazlariga o‘rnatishni taklif
etdi. Binobarin, uning salonida bolalar disneyning multfilimlarini
tomosha qilishi mumkin edi. Bolalar «avtomobil tanlash va sotib olish»
o‘yinini o‘ynay boshladilar. Bugun ko‘plab kompaniyalar bolalarni o‘z
tovarlari bilan tanishtirib internet orqali ulardan marketing
ma’lumotlarini oladi. 17 yoshgacha bo‘lgan millionlab bolalar doimiy
ravishda internetda «daydiydilar» va ularning soni kundan kunga ortib
bormoqda. Tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilar bolalarni kuzatib,
ota-onalarning ruxsatisiz ham o‘smirlarga marketing ma’lumotlariga
tekin sovg‘alar almashishni taklif qiladilar. Ushbu amaliyot salbiy aks-
sadolarga aks bo‘ldi chunki bunda reklama va o‘yin yoki boshqa ko‘ngil
ochishlar orasidagi aniq ajratishlar yo‘q. AQSh marketing assotsiatsiyasi
bevosita bolalar uchun internet marketing talablarini kuchaytirdi.
Dostları ilə paylaş: