216
shaxslar faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil
etish shakllari va fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik
rahbarlar, mahsulot ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e’tibor
qaratadilar, lekin ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar
uchun mahsulot bu – o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan
mahsulot sifati mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.
Mahsulot va xizmatning farqi:
Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rish
yoki ushlab ko‘rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda,
mahsulotni sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan
bilasiz va ko‘rasiz.
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan
xatti-harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z
bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’mol
qiladi.
Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga
qadar do‘konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval
sotiladi, keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijoz-
dan ancha uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz
odatda yonma-yon turadi.
Dostları ilə paylaş: