O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   235
marketing

1-bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich 
Sotish 
Foyda 
 
 
9.5.-rasm.
 Tovarning hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va
foydaning tavsifi 
Soti
sh
 va
 f
oy
da 


226 
Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini to‘laroq tushuntirishga 
harakat qilamiz. 
Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti 
uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, 
ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan rasmda bu 
bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud 
emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste’molchining 
mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial iste’molchilar kimlar 
bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash 
mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratish-
ning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan 
daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste’mol-
chilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda 
keltirishini tushuntirib berishdan iborat. 
1. Bozorga kirish bosqichi
. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning 
bozorga kelib tushishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda sotishning asta-
sekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli 
foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda marketingning maqsadi aniq, ya’ni 
yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq 
yangi tovar va unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu 
bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki ular juda kam sonni tashkil 
etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi uchun dastlab 
reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu 
bosqichda marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez 
shakllantirish va potensial xaridorlarni haqiqiy xaridorlarga aylan-
tirishdan iborat. Shuningdek, bu bosqichda sotishni rag‘batlantirish, 
reklamani tashkil etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini 
shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin