241
kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq
bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada
oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi
ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab
chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi.
Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan
ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi
sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular
uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan
charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb
faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq
materialni izlashga rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq.
Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida
xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy
yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan
tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning
o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli
guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar,
shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar
ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif
o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak,
daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab
sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik
sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik
yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida
marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar,
mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar.
Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: