O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/235
tarix25.11.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#134760
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   235
marketing

Chakana narxlar
- bu chakana savdo tovarlarini sotadigan narx. 

Xarid narxi
- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qishloq xo‘jalik 
korxonalari va qishloq ahlidan xarid qilinadigan narx. Bu ulgurji 
narxning alohida turi. 
Tartibga solinadigan narxlar
– talab va taklifning o‘zgarishi 
ta’siri ostida shakllanadi, lekin davlat organlari narxning o‘sishi yoki 
pasayishini chegaralaydi. Ularga: 

chegaralangan narxlar, mahsulotni sotish uchun eng yuqori 
chegarasi belgilangan narxlar 

kafolatlangan narxlar, barcha ishlab chiqaruvchilar uchun 
mahsulot sotib olishning yagona narxlari 

tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya etiladigan, 
majburiy emas. 


243 
Erkin narxlar
– bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir 
ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini 
hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar. 
Ularga: 

Talab asosida shakllanadigan 

Taklif asosida shakllanadigan 

Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi. 
Qat’iy belgilangan narxlar
– davlat organlari qarorlari asosida 
belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd 
etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartiri-
lishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra). 
Bozor narxi
oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda 
qo‘llanuvchi baholar.
Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni 
ko‘zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha 
tasniflanadi. Ulardan eng muhimlarini ko‘rib chiqamiz. 
Tariflar
- bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya
aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo‘l tariflari. Davlat tariflari 
rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda 
va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport 
tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan 
davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu 
tarifdan foydalanadilar.
Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni 
tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi: 

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin