67
-
Anketa mantiqan maqsadga yo‘naltirilgan va savollar soni
optimal bo‘lishi kerak. Anketada maqsadga tegishli bo‘lmagan savollar
bo‘lmasligi kerak.
-
Tadqiqot mantiqidan kelib chiqib savollar ma’lum guruhlarga
bo‘lingan holda tizimlashtirilsa natija samarali bo‘ladi.
-
Anketa monoton, zerikarli va tez charchashga olib kelmasligi
kerak.
-
Mantiqiy ketma-ketlikka rioya qilish lozim.
-
Shaxsiy savollar anketa oxirida beriladi.
Anketa so‘rovnomalarini o‘tkazish yangi tovarlarni ishlab chiqarish-
dan oldin, maqsadli iste’molchilar segmentini tanlashda, yangi bozor
segmentini egallash rejasi paydo bo‘lganda yaxshi samara beradi. Savol
qo‘yilishining bir necha variantlari mavjud. Test savollarda tayyor
javoblar berilib kerakligi belgilanish talab qilinsa, ba’zi anketalarda
iste’molchi o‘zi erkin javob berishi mumkin. U o‘ziga qanday tovar,
qanday narxda va qanday naflilik darajasi bilan yoqishini erkin yozishi
mumkin, lekin bunday erkin javoblar yozilgan anketalarni kompyuterda
umumlashtirish va ishlash imkoni cheklanadi. Ularni qo‘lda umum-
lashtirish juda ko‘p vaqtni oladi.
Ma’lum iste’molchilar guruhini tanlab so‘rovnomalar o‘tkazish
yuqori samara beradi. F. Kotler kimni so‘roq qilish kerak, qancha
odamni so‘roq qilish kerak, qaysi guruhni so‘roq qilish kerak, degan
savollarga aniq javob tayyorlab so‘ngra so‘rovnomani o‘tkazishni
tavsiya qiladi. Bunday usullar taraqqiy etgan davlatlarda ko‘plab keng
qo‘llaniladi. Kichik va xususiy biznes korxonalari o‘z faoliyatlarini
raqobatdosh qilish uchun har doim u yoki bu marketing usullaridan
foydalanadilar.
Marketing tizimida
Dostları ilə paylaş: