88
emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni
boshqarishdir. F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida
turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma
tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga
xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb
tarif bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat
ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat
bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi.
1.
Tashqi muhit tahlili.
2.
Vaziyatli tahlil.
3.
Bozor istiqbolini belgilash.
4.
Korxona imkoniyatlarini aniqlash.
5.
Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish.
6.
Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini
rejalashtirish.
7.
Marketing – miks rejasini ishlab chiqish.
8.
Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish,
nazorat va natijani baholash.
Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning
turli iyerarxik boshqaruv pog‘onasida marketingning funksional va
institutsional faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga chambarchas
bog‘langan holda boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: