113
bo‘lishiga olib kelmagan g‘oya ostida pul olish juda qiyin bo‘ladi.
Tadbirkorlarni bankning tovar haqida umumiy tasavvur olish emas,
shuningdek, qanday holatda, mahsulot qanday qadoqlanishi, uning
dizayni, tovarning aniq xossalari, uning himoyalanganlik darajasi,
narxini asoslanganligi kabilarni ham bilish istagi juda hayratlantiradi.
Bank mutaxassislari uchun tovarning sifati, demak, uning raqobat
potensiali, uning iste’mol tendensiyalari haqida ham bilish juda muhim,
chunki tovarni bozorga kirib borish va daromad olish imkoniyatlari ana
shularga bog‘liq.
Tovarni tariflash quyidagi savollarga javob berishni ko‘zda tutadi:
Tovarning aniq tarifi va uning qo‘llanish usullari. Bunda tovarning
xossalari uning potensial sotib oluvchilar talablariga bog‘liq bo‘lishi
lozim.
Tanlangan tovarni qo‘llash tendensiyalari (vaqt o‘tishi bilan uning
iste’moli o‘sadimi yoki kamayadimi, uni qo‘llashning yangi usullari
bo‘lishi mumkinmi?) Firma tovarning hayot siklini qanday ahvolda
ko‘radi?
Raqobatchilar tomonidan taklif qilinayotgan shunga o‘xshash
tovarlarning tashxisi qanday? Tanlangan tovar raqobatchilarning
modeliga solishtirilganda noyoblikka egami, bozor (iste’molchilar)
tovarning noyobligi, o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishini talab qiladimi?
Tovarning himoyalanganlik darajasi qanday, ya’ni tadbirkor
patentga, mualliflik huquqiga, ro‘yxatga olingan tovar markasi va
boshqalarga egami?
Xaridorlar nima uchun raqobatchilarning tovar yoki xizmatlarini
emas, aynan ushbu tovarni tanlashlarini, ya’ni taklif qilinayotgan tovar
qanday raqobat ustuvorligiga egaligini tushuntirish kerak. Dasturning
ushbu bo‘limida narxlarning taxminiy belgilanishini, sotuvdan keyingi
texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini taklif etish mumkin.
Agar tovarning xossalari uning sotilishidagi ayrim kattaliklardagi
tebranish - (o‘zgarish)larni – davriylik, mavsumiyliklarni belgilasa, bu
haqida alohida aytib o‘tish lozim (masalan, avtomobillar – davriy,
bolalar chanasi – mavsumiy tovar).
Dostları ilə paylaş: