155
−
istiqbolni aniqlashning bir nechta usullaridan foydalanish zarur,
ularning natijalari bir xil yoki yaqin bo‘lishi lozim;
−
ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi yetarli bo‘lishi;
−
xulosalarning aniq va ravon tilda, ayniqsa, qaror qabul
qiluvchilarga tushunarli ishlanganligi;
–
bozor konyunkturasi istiqboli o‘z vaqtida aniqlanishi hamda
korxona, assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda
qo‘llanilishi.
Bozorni o‘rganish tovar turlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar har
bir iste’mol tovarlari bo‘yicha tovarlarning sotilish vaqti, aholining
tabaqalanishi o‘rganilsa, kundalik va ma’lum davrlarda foydalanadigan
yoki iste’mol qilinadigan tovarlar turlariga qarab, shuningdek, shu
tovarlarni saqlash bilan bog‘liq masalalarni hal etish asosiy vazifa
hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari bozorida ularning sotilishi bilan
bog‘liq barcha shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish zaruriyati yotadi. Bu
shartlar jumlasiga ishlab chiqarish vositalarning birdaniga ko‘p iste’mol
qilinishi, xaridorning nisbatan kam bo‘lishi, asosan bir manzilga ko‘p
tovar yetkazib berilishi, sotishda ulgurji shaklning ko‘p qo‘llanilishi,
tovar yetkazib berishda transport aloqasi va turlarining ahamiyati
kattaligi va boshqalar kiradi. Shartlarni to‘g‘ri baholash esa bozor
sharoitini o‘rganishda qo‘llaniladigan uslublar turkumining mukam-
maligiga bog‘liq.
Bozorni o‘rganish shu bozorda faoliyat yurgizish bilan bog‘liq
shart-sharoitlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu o‘rganish bozorning
asosiy talablari: sifat, narx-navo va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha
imkoniyatlarni baholashni taqozo etadi. Bozor sharoiti bozorda tovar-pul
munosabatlari va oldi-sotdi jarayoni holatidir, tovar-pul munosabatlari
tovar turlari, ularning miqdori, raqobatchi korxonalarning bozordagi
mavqeyi, ularning imkoniyatlari, tovarlar ayirboshlash yo‘llari kabi
jarayonlarni chuqur o‘rganishni nazarda tutadi. Shuni alohida ta’kidlash
lozimki, muayyan bozorda iqtisodiy aloqalarning mavjudligi, ularning
rivojlanish yo‘nalishlari hamda shunday aloqalar o‘rnatish uchun shart-
sharoitlar yaratish tovar-pul munosabatlari negizini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: