ADABIYOTSHUNOSLIK - BADIIY ADABIYOT HAQIDAGI FAN Adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya, folklor, adabiy tanqid, ob’ekt, adabiy-nazariy fikrlar Adabiyot so‘zi keng va tor ma’noda qo‘llaniladi. Keng ma’noda
umuman chop etilgan kitoblarni, tor ma’noda esa badiiy adabiyotni
anglatadi. Adabiyotning estetik ahamiyati - go‘zallik qonunlari
asosida borliqni o‘zlashtirishidir.
Badiiy adabiyot adabiyotshunoslikning o‘rganish ob’ekti
hisoblanadi. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib chiqishi,
rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy aloqalarini o‘rganadi. Badiiy
adabiyotning og‘zaki va yozma
shakllari mavjud. Xalq og‘zaki ijodi -
folklor durdonalari og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan
og‘zaki ijod namunalari natijasida yuzaga kelgan.
Adabiyotshunoslik adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy
tanqid kabi asosiy tarkibiy qismlardan iborat. Adabiy manbashunoslik,
adabiy matnshunoslik,
b ibliografiya adabiyotshunoslikning yordamchi
sohalari hisoblanadi.
Badiiy adabiyot tarixi va adabiy-nazariy tafakkur tadrijining
shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Sharq
mutafakkir va shoirlaridan Shayx Axmad Taroziyning «Funun al-
balog‘a», Navoiyning «Mezon ul-avzon», Boburning «Muxtasar»,
Fitratning «Adabiyot qoidalari», Cho‘lponning «Adabiyot nadir» kabi
asarlari adabiy-nazariy fikrlar taraqqiyotida muhim rol o‘ynadi.
Adabiyotshunoslik falsafa, tilshunoslik, tarix, pedagogika,
psixologiya, etika, estetika, san’atshunoslik, arxeologiya kabi fanlar
bilan o‘zaro bog‘liqlikda taraqqiy etadi.
Adabiyotlar va elektron resurslar 1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -
T.:Ma’naviyat. 2008.
2.
Arastu. Poetika. Axloqi kabir. - T.: Yangi asr avlodi. 2004.
3.
Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. -T.: Xalq merosi
nashriyoti. 2007.
4.
Nikolaev A.I. Osnovi literaturovedeniya. -M.2011.