11
BADIIY ASARDA MAVZU VA G‘OYA
Badiiy asar, badiiy ijod, mavzu, g‘oya, abadiy mavzular,
leytmotiv, yaxlitlik, butunlik, voqelik, shakl, mazmun.
Har qanday san’at badiiy asar shaklida yashaydi.
Keng ma’noda
insonning go‘zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyatidan
badiiy asar yaraladi (musiqa, rasm, haykal, kino, raqs va h.k.)
Tor
ma’noda
badiiy adabiyotga mansub kitoblar badiiy asar deyiladi. (
“Xamsa”, “Boburnoma”, “O‘tgan kunlar”, “Shaytanat”, “Urush va
tinchlik” kabi)
Badiiy
asarda
ijod jarayoni
muhrlanadi. Shu bois ham badiiy
asar tabiatini anglash uchun badiiy ijod jarayoni haqida tasavvurga
ega bo‘lish kerak.
Badiiy asarda qo‘yilgan va yoritilgan hayotiy masalalar,
yozuvchi tomonidan asarda ko‘tarilgan va ko‘p qirrali mazmunni
yagona yaxlitlik holiga keltirib turadigan asosiy muammo
mavzu
deb
ataladi. Mavzu tanlashda yozuvchining dunyoqarashi va mahorati
muhim ahamiyatga ega. Badiiy asarda abadiy va davriy mavzular aks
etadi. Do‘stlik, muhabbat, baxt va baxtsizlik, mehr, qayg‘u, quvonch
va boshqalar adabiyotning abadiy mavzularidir. Bundan tashqari har
bir zamonning o‘z muammolari bo‘ladi, ular davriy mavzular deyiladi.
Yozuvchilar adabiy asarda muayyan hayotiy muammolarni
ko‘tarib chiqish bilangina cheklanmaydilar, balki uning hal qilinishi
yo‘llarini ham ko‘rsatadilar,
muayyan bir fikrni ilgari suradilar.
Shunga ko‘ra adabiy asarda har doim yozuvchining muhim fikri,
g‘oyasi bo‘ladi. Chinakam badiiy asarlarda har bir voqea, har bir
shaxs va hatto eng kichik tafsilot ham g‘oyaning ifodalanishiga xizmat
qiladi. Yozuvchi asarda ilgari surgan asosiy g‘oya
leytmotiv
deb
ataladi.
Adabiy asarning yaxlitligi, bir butunligi, birinchi navbatda, unda
ifodalangan mazmun bilan belgilanadi. Mazmun esa biror shaklda
ifodalanadi. Badiiy asar mazmun va shaklning birligidan tashkil
topadi. «Mazmun voqelikning mohiyati, shakl mohiyatni ochib berish
vositalaridir»
1
.
1
Ñîäåðæàíèå è ôîðìà ëèòåðàòóðíîãî ïðîèçâåäåíèÿ / Êðóï÷àíîâ Ë.Ì.
Òåîðèÿ ëèòåðàòóðû. Ó÷åáíèê. -Ì.: Ôëèíòà, 2012 // www.litmir.me
12
Mazmun qanchalik murakkab bo‘lsa, shakl shunchalik boy
bo‘ladi. Shuning uchun ham mazmunan boy, shaklan go‘zal asarlar
abadiyatga dahldor bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |