18
Ushbu sxemalarning har birida batafsil to„xtatilib o„tamiz.
Xonalarni guruhlashning
yacheykali sxemasi
funksional jarayonlar alohida
kechadigan mustaqil fazoviy yacheykalardan iborat qismlardan tashkil topgan.
Yacheykalar ularni tashqi muhit bilan bog„lovchi umumiy kommunikatsiyaga
ega. Xonalarni guruhlashning
yo‘lakli sxemasi
yagona funksional jarayonning
qismlarini o„z ichiga oladi, bu qismlar umumiy chiziqli kommunikatsiya – yo„lak
bilan bog„lanadilar. Xonalarni guruhlashning
anfiladali sxemasi
bir-birining
ketida joylashgan va o„zaro umumiy o„tish yo„li bilan bog„langan qator
xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning
zalli sxemasi
qismlarga ajratilmagan
katta maydonlarni talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo„shliqni tashkil
etishga asoslangan.
Xonalarni guruhlashning
atriumli sxemasi
yopiq ichki hovli –
atrium
atrofida joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni
guruhlashning pavilonli sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida
hajmlar – yagona
kompozitsion
yechim
vositasida o„zaro bog„langan
pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu sxemalar mujassamlikda va
birgalikda qo„llanilishida
kombinatsiyalashgan
: yo„lakli-halqali, anfilada-halqali
va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning yuqorida keltirilgan
sxemalari jamoat binosi yoki inshootining turli kompozitsion sxemalarini yaratish
uchun asos bo„lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining hajmiy-rejali
tuzilmasi shakllantiriladi.
Dostları ilə paylaş: