19
Yo„lkali-xalqasimon. Pavilonli.
Yacheykali-zalli.
Anfilada-halqali
.
2.3. Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi
Binoning hajmiy-rejali tuzilmasi
– bu bosh va yordamchi xonalarni,
ularning tanlangan o„lchamlari va shakllarini yagona butun kompozitsiyaga
birlashtirish tizimidir. Kompozitsion sxemalarning
quyidagi asosiy turlari
mavjud:
Ixcham
sxema
xonalar
guruhlanishining
zalli,
atriumli
va
kombinatsiyalashgan sxemalari asosida tuziladi.
Chiziqli
sxema tarkibiga xonalar guruhlanishining yo„lakli, galereyali va
anifadali sxemalari kiradi.
Ajratilgan sxema xonalar guruhlanishining pavilonli sxemasi asosida tashkil
etiladi.
20
2.4. Binoning konstruktiv tuzilmasi
Binoning konstruktiv tuzilmasi
– binoda aniq vazifalarni bajaruvchi o„zaro
bog„langan konstruktiv elementlar (poydevor, devor, orayopma, tom va boshq.)
jamlanmasi.
Konstruksiyalar binoda ikki vazifani bajaradilar:
ular binoga tushadigan
barcha yuklamalarni (konstruksiyalarning o„zini, uskunalar va odamlar
og„irligini) va tashqi ta‟sirlarni (shamol, seysmik tebranishlar va boshq.)
deformatsiyasiz va buzilishlarsiz ko„tarishi, shuningdek xonalarni sovuqdan,
jaziramadan, yog„inlardan, shovqin va boshqa kuch bilan bog„liq bo„lmagan
noqulay ta‟sirlardan himoya qilishlari lozim.
Shunday qilib, binolar
konstruksiyasi
ko‘tarib turuvchi
va
to‘suvchi
funksiyalarni bajaradi. Bunda ushbu
funksiyalarning birlashishi yoki konstruksiyalarning ko„tarib turuvchi va
to„suvchi toifalarga ajratilishi bo„lishi mumkin.
Jamoat binolari uchun turli konstruktiv sxemalar qo„llaniladi:
temir beton
yoki po„lat vertikal va gorizontal bog„lovchi elementli to„liq karkasdan iborat
sxemalar, ko„tarib turuvchi bo„ylama yoki ko„ndalang devorli to„liq bo„lmagan
karkasli sxemalar.
To„suvchi konstruksiya
Ko„tarib
turuvchi
konstruksiya
Qoplama turi
Devorlar
Bog„lovchi
Yassi qoplama
Osma panellar
Romli
Fazoviy qoplama
Monolit to„siqlar
Qayishqoq (egiluvchan)
qavatli
Tarkibli qoplama
Konstruktiv funksiya
Konstruktiv konstruksiya
Konstruktiv shakl
Tarixdan ma‟lumki, arxitektura doimo texnika va texnologiyalar
rivojlanishiga bog„liq bo„lib kelgan. “Zamonaviy texnika bizning arxitekturaga
chuqur ta‟sir ko„rsatdi. Zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz osmono„par
binolar, Bauxauzning g„oyaviy yo„nalishlari, geodezik gumbaz, ommaviy tarzda
ishlab chiqariladigan elementlardan yig„ilgan binolar bo„lmas edi”. Biroq,
ta‟kidlash zarurki,
izlanishlar davom etmoqda, shu sababdan zamonaviy
sharoitlardagi
konstruktiv sxemalar va
elementlarning
rang-barangligi,
shuningdek turli ilg„or, doimiy ravishda
takomillashib borayotgan
texnologiyalarning
mavjudligi
jamoat
binolarining
arxitekturaviy
konstruksiyalarini alohida mavzu sifatida ko„rilishi taqozo etadi.