22
Bu o„rinda ta‟kidlash lozimki, bugungi kunda aksariyat hollarda ko„p
qatlamli
osma panelli karkasli tizimlar, shuningdek aralash tizimlarning turli –
an‟anaviy va yengil yuqori samarali materiallar jamlanmasidan tarkib topgan
variantlari eng keng tarqalgan konstruksiyalar hisoblanadi. Masalan, ko„tarib
turuvchi ko„ndalang g„isht
devorlar osma tashqi devorlar, yig„ma karkas –
monolit orayopmalar bilan birga qo„llanilishi mumkin. Undan tashqari,
yuqori
samaradorlikka ega energiya tejovchi tizimlar: shamolatilladigan fasadlar,
tuzilmali oyna, alyuminiy qotishmalari va plastikdan iborat vitraj elementlari ham
keng qo„llanilmoqda. Yangi qurilish va pardozlash materiallarining ko„plab
paydo bo„lishi fasad va umuman bino qiyofasi
uchun yangidan-yangi
yechimlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda.
Aytish lozimki, aynan noyob va g„ayri oddiy konstruksiya binoning
kompozitsion yechimlarini belgilaydi va uning
yakuniy shakllanishiga hal
qiluvchi ta‟sir o„tkazadi. Shu munosabat bilan jamoat binolarining tom qoplamasi
konstruksiyalari alohida e‟tiborga loyiq masala sifatida ko„rilishi lozim. Arklar,
qobiqlar, gumbazlar, pnevmatik qoplamalar faqat
shu binoga yoki jamoat
binolarining ma‟lum turiga xos bo„lgan badiiy obraz yaratilishi uchun imkon
yaratadilar.
Dostları ilə paylaş: