O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna


Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
2.7. Qurilish standartizatsiyasi va unifikatsiyasi 
Binolarnng qurilishi industrial metodlar bilan, ya‟ni industrial opalubkada 
tayyorlangan yig„ma elementlar yoki monolit konstruksiyalar qurilish 
maydonchasida olib boriladi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda 
loyihalashtirishda binolar va ularning elementlari parametrlari maksimal darajada 
unifikatsiyalashgan bo„lishi lozim. 
Unifikatsiya
– binolar va ularning elementlari parametrlari miqdorini ular 
orasidagi funksionallik nuqtai nazaridan asoslanmagan farqlanishlarni ilmiy 
asoslangan yo„l bilan qisqartirilishi. Unifikatsiya bir tipdagi buyumlarni – blok, 
orayopma plitalalari, yig„ma kashaklar, shuningdek deraza va eshik bloklari, 
deraza tokchalari taxtalari va shu kabilarni turli vazifalar uchun mo„ljallangan 
binolarda qo„llash imkonini beradi. 
Buyumlarni geometrik o„lchamlari unifikatsiyasining asosi bo„lib 
qurilishdagi o„lchamlarning modulli koordinatsiyasi xizmat qiladi. 
Modul
-
o„lchamlar koordinatsiyasi maqsadida qabul qilingan shartli birlik. Asosiy modul 
qilib 100 mm ga teng uzunlik qabul qilingan bo„lib, binoning barcha o„lchamlari 
shu modulning karralik miqdorlarida belgilanadi. Yiriklashtirilgan modul asosiy 
modulning butun songa ko„paytirilgan kattaliliga teng bo„lib, yiriklashtirilgan 
modullarning 300 mm, 600 mm, 1200 mm, 1500 mm, 3000 mm va 6000 mm ga 
teng amaliyotda qo„llanishi uchun qulay qatori belgilangan. Yiriklashtirilgan 
modullar asosiy me‟moriy-rejali parametrlarning – orayopmalar oraliqlari, 
devorlararo qadamlar, qavatlar balandligi, oraliqlar kattaligi va shu kabilarning 
o„lchamlarini belgilashda ishlatiladi. Keng miqyosda qo„llash uchun eng takomil 
va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali bo„lgan konstruktiv elementlarni tanlash 
maqsadida ularning turlariga qarab guruhlash, ya‟ni 
tipiklashtirish
usulidan 
foydalaniladi. 
Bino 
va 
inshootlar 
elementlarini 
unifikatsiyalashtirish, 
standartlashtirish va tikilashtirish asosida katalog, davlat standartlari, 
rejalashtirish elementlarining normallari kabi bir qator hujjatlar tuziladi. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin