26 III BOB. BINOLARNING TUZILMAVIY TUGUNLARI. BINOLARNING ASOSIY REJALASHTIRISH ELEMENTLARI. 3.1. Jamoat bino va inshootlarini loyihalashtirishda qo„llaniladigan atamalar va ta‟riflar Yer usti qavati – xonalar polining belgisi yerning rejalashtirish belgisidan
past bo„lmagan qavat.
Chordoq – tom yopmalari (tashqi devorlar) va yuqori qavatning
orayopmalari o„rtasidagi bo„shliq.
Bolxona qavati (mansarda) – chordoq bo„shlig„idagi qavat, uning fasadi
qiya (yoki siniq shakldagi) tom yuzasidan (qisman yoki to„liq) iborat bo„ladi,
bunda tom tekisligi va fasadning kesishish chizig„i mansarda qavatidagi pol
sathidan 1,5 metrdan katta bo„lmasligi zarur.
Yerto‘la qavati – xonalaridagi pol sathining belgisi yerning rejalashtirish
belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kattaroq chuqurlikda joylashgan
qavat.
Poypesh qavati – xonalaridagi pol sathining belgisi yerning rejalashtirish
belgisidan xonalar balandligining yarmisidan kamroq chuqurlikda joylashgan
qavat.
Texnik qavat – muhandislik uskunalarini joylashtirish va kommunikatsiyalar
yotqizish uchun mo„ljallangan qavat. Uning balandligi 1,8 metrdan kam bo„lishi
lozim. Texnik qavat binoning pastki (texnik yerto„la), yuqori (texnik chordoq)
o„rta qismi qismida joylashtirilishi mumkin.
3.2. Binoning tuzilmaviy tugunlari Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosi ichidagi barcha jarayonlarni,
ularning turi qanday bo„lishidan qatiy nazar, umumiy ko„rinishda
umumiy, o‘ziga xos va
yordamchi jarayonlarga ajratish mumkin. Ushbu jarayonlar normal
kechishi uchun jamoat binosida muayyan
tuzilmaviy tugunlar mavjud bo„lishi
lozim. Har bir jamoat binosi quyidagi tuzilmaviy tugunlardan tashkil topgan:
- binoga kirish xonalari guruhi: tamburlar, vestibyullar, garderobxonalar;
- asosiy xonalar guruhi: turli funksional vazifalar uchun mo„ljallangan zallar,
auditoriya va sinflar;
- yordamchi va qo„shimcha xonalar guruhi, sanitariya bloklari;
- texnik xonalar guruhi: qozonxonalar, ventilyatsiya kameralari, nasoslar, suv
o„lchagichlar uchun xonalar, liftlarning mashinalar bo„linmalari;
27 - gorizontal kommunikatsiyalar: yuqorida sanab o„tilgan xonalar guruhlarini
yagona karkasga birlashtiruvchi galereya, foye, xoll va yo„laklar;
- vertikal kommunikatsiyalar: zinapoya, pandus, lift, eskalatorlar.