28
Ustki kiyim-bosh garderoblari uchun minimal
masofalar quyidagicha qabul
qilinadi:
- baryer oldidagi bo„shliq – 3-4 metr;
- baryerdan ilgichlargacha – 0,8-1,0 metr;
- ilgichlar o„qlari orasidagi masofa: o„ziga o„zi xizmat ko„rsatishda – 1,6 m;
garderobchilar xizmat ko„rsatganida – 1,2 m;
- ilgichlarning chekka qatori va devor yoki pardevor o„rtasidagi masofa: o„ziga
o„zi xizmat ko„rsatishda – 1,3 m; garderobchilar xizmat ko„rsatganida – 0,9 m;
- konsolli-buriluvchi ilgichlarning turtib chiqqan qismlari yoki kiyim-bosh
saqlanadigan shkaflar orasidagi masofa, shuningdek
shu kabi ilgichlar va
shkaflarning turtib chiqqan qismlari orasidagi masofa: o„ziga o„zi xizmat
ko„rsatishda – 1,0 m; garderobchilar xizmat ko„rsatganida – 0,6 m. Vestibyulning
rejaviy yechimiga bog„liq ravishda gardebxonalar joylashtirishining turlicha
sxemalari qo„llaniladi:
- yon tomonli (bir yoki ikki taraflama);
- ichkariga
chuqurlashtirilgan;
- perimetr bo„yicha;
- orolli shaklda.
Sxemani tanlashda, birinchi navbatda, garderobxonadan
chiqib kelayotgan
odamlar oqimi kesishmasligi nazarda tutiladi. Garderobxonalari bo„lgan
vestibyullarning maydoni ilgichdagi bir o„ringa 0,18-0,28 m
2
hisobidan qabul
qilinadi. Bunda garderobdagi o„rinlar soni binoning sig„imiga qarab belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: