O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 


38 
V BOB. MAKTAB BINOLARI 
 
5.1. Maktablar klassifikatsiyasi 
Vazifasiga bog„liq ravishda maktablar quyidagicha ajratiladi: 
- umumta‟lim maktablar va maktab-internatlar; 
- bolalarni takomil tayyorlashga mo„ljallangan ixtisoslashgan maktablar va 
maktab-internatlar; 
- sog„lomlashtirish va sanatoriya-bog„ ko„rinishidagi maktablar; 
- jismoniy va aqliy rivojlanishi sust bolalar uchun maxsus maktablar. 
Umumta‟lim maktablar tarkibiga 
boshlang‘ich, asosiy, o‘rta umumta’lim 
maktablari; ayrim predmetlarni chuqur o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘rta 
umumta’lim maktablari; gimnaziya va litseylar
kiradi. 
Ta’lim darajasi
bo„yicha umumta‟lim maktablarida o„qitishning uchta 
bosqichi qo„llaniladi: 

o‘qitishning I bosqichida 
1-4 sinf o„quvchilari tahsil oladilar; 

o‘qitishning II bosqichida 
5-9 sinf o„quvchilari tahsil oladilar; 

o‘qitishning III bosqichida 
9-11 sinf o„quvchilari tahsil oladilar. 
Sanitariya 
me‟yorlariga 
muvofiq 
yangidan 
qurilayotgan 
shahar 
maktablarining sig„imi 1000 o„rindan oshmasligi, o„quvchilari soni kam bo„lgan 
qishloq maktablarida esa o„qitishning I bosqichi uchun – 80 o„rindan, 
o„qitishning I va II bosqichlari uchun – 250 o„rindan, o„qitishning II va III 
bosqichlari uchun – 500 o„rindan oshmasligi lozim. 
 
5.2. Maktablar uchastkalari 
Umumta‟lim maktablari mikrotumanda shunday joylashtirilishi kerakki, 
yashash joyidan maktabgacha masofa 500 metrdan ko„p bo„lmasligi lozim. 
Maktab binosi “qizil liniya”dan kamida 25 metr uzoqlikda joylashishi zarur.
Maktab qoshidagi uchastkalar xo„jalik, badantarbiya-sog„lomlashtirish, 
o„quv-tajriba, dam olish funksional zonalariga bo„linadi. Badantarbiya-
sog„lomlashtirish zonasiga alohida talablar qo„yiladi: to„p va turli sport 
snaryadlarini uloqtirishga mo„ljallangan sport maydonchalari bino derazalaridan 
kamida 25 metr uzoqlikda joylashtirilishi va perimetri bo„yicha balandligi 2,5-3 
metr bo„lgan to„siqlar bilan o„ralishi lozim; qolgan maydonchalar va bino 
derazalari orasidagi masofa 10 metrdan kam bo„lmasligi kerak. Uchastkalar 
shunday loyihalashtirilishi kerakki, ularning hududiga o„t o„chirish mashinalari 
kirishi va halqa bo„ylab aylanish imkoniyati ta‟minlangan bo„lishi lozim. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin