Nijniy Novgorod shaҳridagi “Oktyabrskaya” meҳmonxonasi. Arxitektorlar
A.Xaritonov, V.Kovalenko, A.Gelfond, konstruktorlar N.Leporskaya, G.Kutuzov,
1987. 1-қavat rejasi, Namunaviy қavat rejasi.
54
1 xonadan iborat
1 kishilik nomer.
2 xonadan iborat
2 kishilik nomer.
3 xonadan iborat 2 kishilik nomer.
Mehmonxona nomerlarining rejalash variantlari (o„lchamlar millimetrda berilgan).
55
6.2. Mehmonxona binolarining funksional bloklari
Mehmonxonalarning barcha xonalari funksional vazifalariga bog„liq holda 9
ta funksional guruhga bo„linadi:
- qabulxona-vestibyul guruhi;
- turar joy-yotoq xonalari (nomerlar) va ularga qo„shilgan xonalar guruhi;
- ovqatlanish xonalari guruhi;
- savdo va maishiy xizmat ko„rsatish guruhi;
- turistik-sog„lomlashtirish vazifalari uchun mo„ljallangan xonalar guruhi;
- dam olish va anjumanlar o„tkazilishi bilan bog„liq turizm guruhi;
- ma‟muriyat va boshqaruv xonalari guruhi;
- yordamchi va xo„jalik vazifalar uchun mo„ljallangan xonalar guruhi;
- kommunal (muhandislik) ta‟minot va vertikal transport guruhi.
1.
Qabulxona-vestibyul guruhi
tarkibiga quyidagilar kiradi:
- qabul xizmati va dam olish zonalari joylashgan vestibyul;
- porte va ma‟murlar xonasi;
- hujjatlar saqlanadigan xona;
- garderob;
- saqlash kamerasi;
- bagajlarni tushirish va saralash xonasi;
- navbatchi xodimlar uchun dam olish xonasi;
- valyuta ayirboshlash punkti bo„lgan bank bo„linmasi;
- pochta bo„linmasi, telefonlar, teletayp;
- hojatxona;
- bar peshtaxtasi;
- turli vazifalar uchun mo„ljallangan kiosklar;
- do„konlar.
2.
Turar joy xonalari guruhi
–
yotoq xonalari (mehmonxona nomerlari)
va
ularga qo„shilgan xonalar guruhi.
Mehmonxona razryadiga bog„liq holda nomerlar 1 yoki 2 kishilik, 3
kishilik – ota-ona va bola uchun mo„ljallangan oilaviy nomer ko„rinishida; bir,
ikki va uch xonali qilib rejalashtirilishi mumkin. Bir xonali mehmonxona nomeri
yotoq xonasi, eni kamida 1,4 m bo„lgan va shkaf o„rnatilgan yo„lak, sanitariya
bo„lmasi va yozgi xona: balkon, lodjiya, ochiq ayvondan iborat bo„ladi. Ikki
xonali nomerda yotoq xonasidan tashqari mehmonxona, u xonali nomerda esa –
mehmonxona va kabinet ham rejalashtiriladi, bunda yo„lakdan faqat
mehmonxonaga kirish mumkin bo„ladi. Oliy va birinchi razryadli
mehmonxonalardagi ikki kishi uchun mo„ljallangan 2 xonali va 3 xonali
56
nomerlarda yotoq xonasi yonida tarkibida unitaz va qo„l yuvgich va vanna, qo„l
yuvgich, unitaz, bide mavjud bo„lgan ikkita sanitariya bo„lmasi loyihalashtiriladi.
Nomerlar yonida qo„shimcha xonalar: ko„rpa-to„shak saqlanadigan xona,
navbatchi xodimlarning xonalari, dazmollash xonasi, qavatlar bo„yicha xollar
joylashtiriladi.
Quyidagi jadvalda mehmonxona razryadiga bog„liq ravishda nomerlarning
maydonlari keltirilgan, m
2
:
Xonalar/o„rinlar
soni
Oliy
A
Oliy
B
I
II
III
1 / 1
14
12-14
12-14
12
10
1 / 2
18
14-18
14-18
14
14
2 / 2
24
24
24
24
-
3 / 2
40
40
40
-
-
1 / 3
(oilaviy)
-
20-24
20-24
18
18
Mehmonxona binolari turar joy qavatlari uchun rejaviy tuzilmalarning
quyidagi turlari mavjud:
- yo„lakli;
- galereyali;
- ikki yo„lakli;
- yo„lakli-halqali;
- minorali;
- uzelli;
- atriumli.
3.
Ovqatlanish xonalari guruhi
quyidagiardan iborat:
- restoran;
- Yevropa taomlari restorani – oliy razryadli mehmonxonalar uchun;
- milliy taomlar restorani – oliy razryadli mehmonxonalar uchun;
- kafe;
- ekspress-kafe, kafeteriy;
- qavatdagi bufet;
- nonushtalar zali, “shvedcha stol”.
4. Savdo va maishiy xizmat ko„rsatish xonalari guruhi tarkibiga quyidagi
savdo xonalari kiradi: gazeta va jurnallar, suvenirlar, tamaki mahsulotlari,
parfyumeriya, gul, dori-darmon, qandolat mahsulotlari sotiladigan do„konlar yoki
kiosklar.
Maishiy xizmat ko„rsatish xonalariga quyidagilar kiradi:
- sartaroshxona;
- sport anjomlarini ta‟mirlash xonalari;
- har bir qavatdagi dazmollash xonalari;
|