O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 
 
 
 
 
 


75 
2-qavat rejasi. 
 
 
 
Sport yadrosi: 
1 – futbol maydoni; 2 – uzunligi 400 metrga teng engil atletika yugurish yo’lkasi;
3 – uzunligi 100 metrga teng engil atletika yugurish yo’lkasi; 4 – yadro, bosқon, disk va nayza 
uloқtirish uchun engil atletika sektori; 5 – balandlikka sakrash sektori; 6 – uzunlikka va langar 
bilan balandlikka sakrash sektori; 7 – konkida yugurish uchun uzunligi 400 metrga teng muzli 
yo’lak.


76 
8.2. Yopiq sport inshootlarining hajmiy-rejali yechimi 
Sport inshootlari tarkibiga xonalarning uchta guruhi kiradi: 
- sportchilar uchun xonalar; 
- tomoshabinlar uchun xonalar; 
- yordamchi xonalar. 
Sport zallarini ikkinchi qavatdan balandroqda joylashtirmaslik maqsadga 
muvofiqdir. Birinchi qavatda, odatda, og„ir atletika, yengil atletika, futbol, sport 
gimnastikasi zallari joylashadi. Pol yuzasi silliq, gorizontal va sirg„anchiqmas 
bo„lishi lozim. To„p bilan o„ynaladigan sport o„yinlari uchun mo„ljallangan 
zallarda derazalar va chiroqlarni to„p zarbasidan shikastlanishini oldini oluvchi 
mustahkam konstruksiyalar ko„zda tutilishi zarur. Ushbu konstruksiyalarning 
poldan 1,8 metr balandlikkacha bo„lgan qismida turtib chiqqan joylar va 
botiqliklar, deraza o„rinlari va o„yiqlari bo„lmasligi kerak. Sport zalining sport 
uskunalari olib kiriladigan eshiklari, shuningdek uskunalar saqlanadigan inventar 
xonalariga o„tish yo„llarining eni 1,8 metrdan kam bo„lmasligi lozim. Inventar 
xonalariga o„tish yo„llarini to„ldirmaslikka yo„l qo„yiladi. Yengil atletika yoki 
futbol bo„yicha o„quv-mashq mashg„ulotlarini o„tkazish uchun mo„ljallangan 
zallar qoshida, shuningdek bitta binoda uchta va undan ortiq boshqa vazifalar 
uchun mo„ljallangan sport zallari mavjud bo„lganida yakka tartibda jismoniy 
mashg„ulotlar bilan shug„ullanish uchun 12x6x4 m o„lchamli umumiy xona 
ko„zda tutilishi zarur. 
Sportning har xil turlari uchun sport zallarining parametrlari quyidagi jadval 
bo„yicha qabul qilish tavsiya etiladi. 
Sport turi 
Uzunligi, m 
Eni, m 
Balandligi, m 
Akrobatika
36 
18 

Badminton 
15 


Basketbol 
28 
16 

Boks (ring o„lchamlari 6x6) 
18 
12 

Og„ir atletika 
18 


Tennis 
36 
18 

Kurash 
24 
14 

Qilichbozlik 
22 
14 

Voleybol 
24 
15 

Badiiy gimnastika 
22 
15 

Ta‟kidlash 
zarurki, 
sport 
zalining 
balandligi 
turtib 
chiqqan 
konstruksiyalarning eng pastki qismigacha me‟yorlanadi. 
Sportchilar uchun yechinish-kiyinish xonalari sport zallari bilan bevosita 
yoki yo„lak orqali bog„langan bo„lishi zarur. 


77 
Sport zali qoshidagi yechinish-kiyinish bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- kiyim almashtirish xonasi – bir sportchi uchun 2 m
2

- kiyimlarni saqlash uchun garderob – bir sportchi uchun 0,7-0,78 m
2

- dushxonalar – 7 ta sportchi uchun bitta dush; 
- sanitariya bloklari – bir smenada shug„ullanuvchi 30 ta ayol uchun bitta 
unitaz; bir smenada shug„ullanuvchi 50 ta erkak uchun 1 ta unitaz va 1 ta pissuar; 
- tambur-shlyuz, oyoq vannasi bilan – bir smenada shug„ullanuvchi 20 
sportchi uchun 1 ta vanna, bitta vanna o„lchamlari 1x0,85 m
2

Dushxonalar bevosita yechinish-kiyinish xonalari bilan, murabbiylar 
dushxonalari esa – murabbiylar xonasi bilan bog„lanishi lozim. Instruktorlar va 
murabbiylar xonalari bir o„rin uchun 2,5 m
2
hisobidanloyihashtiriladi, lekin bu 
xonalarning maydoni 9 m
2
dan kam bo„lmasligi kerak. 
Sport korpus tarkibida bitta yoki bir nechta zal, yordamchi xonalar, ba‟zida 
esa basseyn bo„lishi mumkin. 
Yopiq basseynlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- suzish uchun hovuzlar, o„lchamlari: 
50x24x1,8-2,3 m; 
25x24x1,2-1,8 m; 
- yechinish-kiyinish xonasi, dushxonalari va sanitariya bloklari bilan
- murabbiylar xonalari, dushxona va sanitariya bloklari bilan; 
- texnik xonalar. 
Yopiq va ochiq basseynlar hovuzlarining perimetrlari bo„yicha kengligi 1,5-
2,0 metrdan kam bo„lmagan yo„lakcha ko„zda tutilishi lozim. Bu yo„lakchaning 
tramplinlar va sakrash minoralari joylashgan yerdagi kengligi, ushbu qurilmalar 
o„lchamlarini hisobga olgan holda, 4 metrdan kam bo„lmagan qilib belgilanadi. 
Basseynda shug„ullanuvchilar uchun dushxonalar o„tish yo„llarida joylashtirilishi 
zarur, sanitariya uzellari yechinish-kiyinish xonalari bilan bevosita bog„lanishi va 
shunday joylashtirilishi kerakki, dushxonalardan o„tmasdan turib, hovuzlarga 
o„tish mumkin bo„lmasligi lozim.Sun‟iy muz bilan qoplangan yaxmalaklar va 
konkida yugurish yo„laklari tarkibiga muzli yuza hosil qilish uchun zarur bo„lgan 
barcha muhandislik va texnik xonalar majmuasi (freonli qurilmalari uchun 
kompressor xonalari, suvni yomg„ir kanalizastiyasiga chiqarib tashlash kanallari 
va hk.) kirishi lozim. Issiqlik o„tkazadigan materiallardan tayyorlangan quvurlar 
bilan yaxlit tarzda bajarilgan sovituvchi plita konstruksiyasini hisoblashda muz 
holatini parvarish qiluvchi mashinalardan tushadigan vaqtincha yuklamalar 
hisobga olinishi zarur. 


78 
Yopiq yaxmalaklar zallari sport zallariga qo„yilgan talablarga to„liq javob 
berishi lozim. Ochiq yaxmalaklarda quyidagilar ko„zda tutilishi kerak: isinish 
uchun vestibyul, kiyim almashtirish kabinalari – isinish va dam olish joylari, 
prokat xonalari, quritish xonalari, o„quv sinflari, ma‟muriyat xonalari. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin