79
IX BOB. TOMOSHALAR KO„RSATISHGA MO„LJALLANGAN
BINOLAR
Ma‟lumki, san‟at va madaniyatning jamiyat
hayotidagi roli beqiyos va
aynan shu jihat me‟moriy loyihalarni yaratishda madaniy hordiq chiqarish va
ommaviy tomoshalarni namoyish etish uchun mo„ljallangan binolar, muassasalar
va majmualar doimo alohida o„ringa ega bo„lganini shartlab beradi. Turli
davrlarda inshootlarning turli shakllari va ko„rinishlari – qadimgi ibodatxonalar
va imperatorlarning saroylari, ijodiy
ustaxonalar va akademiyalar, xususiy
kolleksiyalar va turfa yo„nalishli ko„rgazmalar, teatr,
konstert zallari, ochiq
arenalar va, nihoyat, shahar yoki qishloq muhiti va tabiiy landshaftining oddiy
elementlari – san‟at markazlari vazifasini bajarib kelganlar. San‟atning
kundalik
faoliyatini ta‟minlash bilan bir qatorda, san‟atda yangi yo„llar, uslublar va
yo„nalishlarni izlash, ularni targ„ib qilish va sintetik umumlashtirish asosida
o„zaro boyitish imkoniyatlari san‟at markazlari rivojlanishining eng muhim
jihatlaridan biri sifatida e‟tirof etiladi.
Bugungi kunda, ya‟ni madaniy hayot
serqirra va ko„p yo„nalishlarga ega bo„lgan hamda o„zining doimiy izlanishlari va
nobarqarorlik holati bilan ajralib turuvchi davrda san‟at markazlarining barcha
turlari, shu jumladan kompleksli shakl va ko„rinishlarining mavjud bo„lishi o„ta
dolzarb hisoblanadi. Ularni yaratish va kelgusida rivojlantirishga faqat o„tmish va
hozirgi davr tajribasini o„rganish, anglab etish va tizimlashtirish yo„li orqali
erishish mumkin.
Tomosha ko„rsatuvchi inshootlar qatoriga kinoteatrlar, konstert zallari,
klublar teatrlar, sirk, muzey va ko„rgazmalar kiradi. Tomosha ko„rsatishga
mo„ljallangan binolarning turli me‟moriy-rejali yechimlari bo„lsada, ularni
yagona kompozitsion asos – bino yadrosida bosh zalning mavjudligi –
birlashtiradi. Bu turdagi binolarning ahamiyati va mavqei me‟moriy obrazni
nafaqat tasavvurning muayyan shakli, balki shaharsozlik
masalalarini yechimini
topish uchun zarur bo„lgan ob‟yektning noyobligini belgilashdek o„ta muhim
jihatga uzviy bog„liq ekanligini shartlab beradi.
Tomosha ko„rsatishga mo„ljallangan binolar uchun yer uchastkasini
tanlashda xonalarda zarur akustik sharoitlarni ta‟minlashni murakkablashtiruvchi
shovqinli va vibrastion fonlarimavjud hududlarni istisno qilish lozim. Tomosha
ko„rsatishga mo„ljallangan binolar uchun yer uchastkalarining maydonlari
tasdiqlangan me‟yorlarga muvofiq belgilanadi: kinoteatrlar uchun – zaldagi bitta
o„rin uchun 5 m
2
, konstert zallari va sirklar uchun – sig„imiga bog„liq holda 0,7-
1,5 gektar, teatr binolari uchun – 1,2-1,7 gektar.Tomosha
binosining bosh kirish
eshigi oldida maydonning, shuningdek yuk tushirish maydonchalari va xo„jalik
80
hovlisining mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o„ziga xos
xususiyat hisoblanadi.
Yuqorida sanab o„tilgan tomoshalar ko„rsatishga mo„ljallangan binolarning
har bir turini loyihalashtirishda hajmiy-rejali, funksional yechimlarni, va shu
bilan birga, badiiylikni ta‟minlashga qaratilgan
asosiy vazifa hisoblanuvchi
tomoshabinlar kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul
mujassamligining tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari uchta guruhga
bo„linadi:
- tomoshabinlar kompleksi;
- kinoapparatlar xonasi;
- xizmat-xo„jalik xonalari.
Teatrlarning xonalari tomoshabinlar va sahna qismlaridan, sirklarniki –
tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar esa –
tomoshabinlar va klub faoliyatini yuritish bilan bog„liq
xonalar guruhidan
iborat.Tomosha ko„rsatishga mo„ljallangan binolarning har bir turi uchun xos
bo„lgan xususiyatlar haqida qisqacha to„xtalib o„tamiz.
Dostları ilə paylaş: