O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

96 
Yozgi teatrlar sxemalari: 
I – yozgi teatr-konstert zali (sahnalar turi: a – chuqur, alohida joylashtirilgan; b – uch tomonli –
 panoramali, ochiq; v – chuqur – uch tomonli, yopiq, tomoshabinlar o‘rinlari transformatsiya 
qilinadigan; g – chuqur – orqa tomoni transformatsiya qilinadigan); II – tabbiy va tarixiy-me’moriy 
teatr (sahna turlari: a – frontal cho‘zilgan; b – halqasimon, aylanuvchi amfiteatr bilan; v –uch 
tomonli – halqasimon; g – kombinastiyalashgan, yon-atrof bilan keng front bo‘yicha tutashgan;
d – tabiiy yoki me’moriy fonli panoramali); III – inshoot kooperastiyasi (a – ochiq amfiteatr, yil bo‘yi 
ishlaydigan teatr bilan; b – shahardagi zal tomidagi ochiq amfiteatr; v – ochiq amfitetar, yopiq raqs 
zali bilan; g – bir nechta amfiteatrlar; 1 – sahna maydonchasi; 2 – boshqa turdagi inshoot). 


97 
Ruan shahridagi “Le Zenit” konstert zali, Fransiya, arxitektor B.Chumi, 2001. 
 
 


98 
X BOB. MUZEY VA KO„RGAZMA BINOLARI 
 
10.1. Umumiy holatlar 
 
Eksponatlarni saqlash va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsa
tish 
muzeylar faoliyatining asosini tashkil qilib, xonalar tuzilmasi, tarkibi va 
maydonini belgilab beradi. Muzeylarni loyihalashda ikkita asosiy texnologik 
oqim – tashrif buyuruvchilar marshruti va eksponatlar hamda xodimlar 
harakatlanishi yo„llarini – masimal ajratish prinsipi amalga oshirilishi lozim. 
Muzey faoliyati yo„nalishini binoning murakkab hajmiy-rejali tuzilmasi 
belgilab berdi. Xonalarning o„zaro bog„liqligi tashrif buyuruvchilar va muzey 
xodimlari oqimlarining intensivligi va muntazamligi bilan tavsiflanadi va 
quyidagi asosiy variantlarda berilishi mumkin: xonalar va intensiv oqimlar 
o„rtasidagi doimiy bog„liqlik ular o„zaro yaqin va qulay, yo„llarning boshqa 
oqimlar bilan kesishishini istisno qilgan holda joylashishini talab qiladi: bu, 
birinchi navbatda, vestibyul-ekspozitsiya zallari guruhi va ekspozitsiya zallari 
guruhi ichidagi bog„lanishlarga taalluqlidir; 
- xonalarning intensiv oqimlar bilan kam sonli bog„liklar, bunda asosiy 
maqsad boshqa intensiv oqimlar bilan kesishishga yo„l qo„ymaslikdan iborat 
bo„lib, xonalarga qulay tarzda kirish-chiqish imkonyatlari ham ko„zda tutiladi; 
- xonalar va kam sonli harakatlanishlar o„rtasidagi doimiy bog„liqlik, 
bunda ular qulay va yaqin joylashishini talab qilinadi; oqimlarning kesishishi 
muhim ahamiyatga emas; bu kabi bog„lanish fondlar saqlanadigan xona, 
fotolaboratoriya va ustaxonalar, ekspozitsiya zallari, dam olish joylari, 
ma‟muriyat xonalari o„rtasida bo„lishi kerak; 
- kam sonli va epizodik harakatlanishlar istalgan xonalar guruhlari 
o„rtasida yuzaga kelishi mumkin, lekin ular asosiy xonalarning o„zaro 
joylashuviga ta‟sir o„tkazmaydi. 



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin