O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna


  Frankfurt shahridagi Badiiy hunarmandchilik muzeyi, Germaniya, arxitektor R.Meyer



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

99 
Frankfurt shahridagi Badiiy hunarmandchilik muzeyi, Germaniya, arxitektor R.Meyer, 
1979-1984. 
10.2. Shaharsozlik yechimi 
Muzey binolari uchun joylashuvning shaharsozlik vaziyatiga bog„liq 
ravishda uchta asosiy turini ajratish mumkin: 

park zonasida
– orol ko„rinishidagi erkin joylashuv; 

qurilgan binolar rekonstruksiya qilinayotgan
zonadagi joylashuv; 
- shaharning 
madaniy markazi tarkibidagi
joylashuv. 
Muzey shahar tashqi muhitidan maksimal tarzda ajratilgan bo„lib, yashil 
o„simliklar bilan himoyalangan, havoni filtrlash va tozalash tizimi bilan 
jihozlangan bo„lishi lozim. Muzey shahardagi imoratlar o„rtasida joylashtirilsa, u 
holda uning uchastkasi aniq ajratilishi zarur. Muzey binosi orol ko„rinishida 
joylashtirilganida, uning chegaralarini shartli ravishda ko„rsatishga yo„l qo„yiladi. 
Muzey uchastkasiga yondosh shahar yoki park hududi ham, garchi, rasman 
muzeyga tegishli bo„lmasada, agar muzeyning tashqi qiyofasiga mos tushsa va 
uzviy yaxlitlikni tashkil etadigan bo„lsa, muzeyga taalluqli bo„lishi mumkin. 
Muzey uchastkasi kelgusida muzey kengaytirilishi uchun imkoniyat berishi 
lozim. Muzey uchastkasining maydoni kolleksiyalar o„lchami va turiga bog„liq 
tarzda belgilanadi. Muzey uchastkasi quyidagi funksional zonalarga bo„linadi: 
kirish, ekspozitsiya, rekreastiya, xo„jalik. Barcha zonalar, ayniqsa, birinchi uchta 
zona aniq bo„linishga ega bo„lmasliklari mumkin. 


100 
Kirish zonasi
. Muzeyga kirish zonasi “qizil liniya”dan kamida 15 metr 
masofada joylashib, ba‟zida ochiq joydagi eksponatlar o„rnatilgan holda, 
psixologik tayyorgarlik zonasini tashkil qilishi lozim.
Muzeyga 
yaqinlashishda 
bu 
zonada 
psixologik nuqtai 
nazardan 
vaekspozitsiya bilan tanishish uchun diqqat yo„nalishini o„zgartirish maqsadida 
tashrif buyuruvchilarga zarur bo„lgan pauza yaratiladi. Kirish zonasini 
obodonlashtirishda kichik me‟moriy shakllar, axborot va reklama vositalari, 
ayrim hollarda esa – yirik va predmetli eksponatlar ishlatiladi. Kirish zonasi 
yaqinida ekskursiya avtobuslari va avtomashinalar turargohi tashkil qilinadi. 
Kirish zonasi, bino joylashuvi va uning tevaragiga bog„liq ravishda, hashamdor 
va tantanavor yoki, aksincha, oddiyroq qilib tashkil qilinishi mumkin. Muayyan 
shaharsozlik sharoitlarida jamoat markazi maydonining bir qismi muzeyga kirish 
zonasi bo„lib xizmat qilishi mumkin. Avtomobil turargohlari 100 ta tashrif 
buyuruvchi uchun 10-15 o„rin hisobidan tashkil qilinadi. 
Ekspozitsiya zonasi
funksional va kompozitsion nuqtai nazardan eng muhim 
ahamiyatga ega. Ekspozitsiya muzey uchastkasida bino yaqinida joylashishi yoki 
tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida ko„cha bilan bog„langan bo„lishiham 
mumkin. 
Bu 
zona 
relefning 
tabiiy 
imkoniyatlariva 
obodonlashtirish 
elementlaridan foydalanib tashkil etilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmasi bilan 
ajralib turadi. Ekspozitsiya, aksariyat hollarda, bino yaqinida, ichki hovlilar va 
birinchi qavatning qurilmalari bo„lmagan qismi – galereya, o„tish yo„llari va shu 
kabilarda joylashtiriladi. Ekspozitsiya, muzeyning ta‟sir zonasiga yon-atrofdagi 
maydonlarni kiritish maqsadida,muzey yoniga, tomoshabinlar yig„iladigan 
joylarga olib chiqilgan holda, ko„cha yoki maydon bilan bog„lanishi mumkin. 
Ochiq ekspozitsiya uchun rivojlangan stokolli qavatlar qoplamalari, maxsus 
podiumlar va maydonchalar ajratiladi. Ba‟zida, eksponatlarni turli rakurslardan 
ko„rish uchun, ekspozitsiya relef bo„yicha turli, jumladan chuqurlashtirilgan 
sathlarda ham joylashtiriladi. Eksponatlari chimli ochiq maydonchalarda, 
daraxtlar guruhi ichida joylashtirilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmalar keng 
tarqalgan. Bunday joylashtirishda tomoshabinlar muayyan manzaraga ega 
yo„nalish bo„yicha harakatlanadilar. 



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin