121
Ofistiantlar xizmat ko„rsatadigan korxonalardagi taom tarqatish xonasining
joylashtirilishi issiq va sovuq sexlar, non kesish xonasi, serviz xonasi, idish-tovoq
yuvish xonasi va bufet bilan texnologik va eshik
oraliqlari orqali bevosita
bog„liqlikni ta‟minlashi zarur. Agar ko„rsatilgan xonalar taom tarqatish
zonasining bir tomonida joylashgan bo„lsa, taom tarqatish xonasining eni kamida
2 metr, taom tarqatish zonasining ikki va undan ko„p
tomonida joylashgan
bo„lsa – 3 metr qilib loyihalashtiriladi. Xo„randalarga xizmat ko„rsatish
ofistiantlar tomonidan ko„rsatilganida zaldagi har bir o„rin uchun taomlarni berish
fronti: issiq taomlar tayyorlanadigan sexlar uchun – kamida 0,03 metr; sovuq
taomlar tayyorlanadigan sexlar uchun – kamida 0,015 metr va bufetlar uchun –
kamida 0,01metr qilib qabul qilinadi. Ovqatlanish zali, oshxona idish-tovoqlari,
yarim fabrikatlar taralarini bitta xonada yuvilishiga yo„l qo„yilishi mumkin;
bunda yuvish joylari balandligi 1,6 metrdan kam bo„lmagan to„siqlar bilan
ajratilishi lozim. Zaldan va taom tarqatish konveyeridan yuvish xonasiga kirish
erkin va qulay tarzda tashkil qilinishi zarur. Xizmat ko„rsatuvchi xodimlar yo„li
xo„randalarning asosiy oqimi bilan kesishmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: