O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna


Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
Mahsulotlarni qabul qilish va saqlash xonalari 
Mahsulotlarni qabul qilish xonalari (yuk tushirib olish xonalari)ni va saqlash 
xonalari (sovutiladigan va sovutilmaydigan omborlar)ni yuk tashish liftlari va 
boshqa ishlab chiqarish xonalari bilan yo„lak orqali bevosita bog„langan 
funksional zona sifatida loyihalashtirish lozim. Yuk tushirib olish xonasi oldida 
balandligi 1,1-1,2 metr, eni 3 metr va hisoblangan uzulikka ega bo„lgan yuk 
tushirish platformasi joylashtiriladi. Platformalar yuk avtomobilning orqa va o„ng 
bortlaridan tushirilishiga mo„ljallanib loyihalanadi. Yuk tushirish maydonchalari 
va platformalari ustida balandligi 3,6 metrdan kam bo„lmagan bostirma ko„zda 
tutilishi kerak. Bu bostirma maydonchani butunlay, avtomobil kuzovining 
kamida 1 metrini yopadigan bo„lishi zarur. Omborxonalarni yerto„lada, stokol 
qavatda yoki 1-qavatning xo„jalik zonasi va yuk tushirish maydonchasi tomonida 
joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda ishlab chiqarish xonalari bilan eng 
qisqa bog„lanishlar ta‟minlanishi zarur. Ishlab chiqarish xonalari, omborxonalar 
va maishiy xonalardagi ventliyastiya bloklarining turtib chiqqan qismlarini eng 
pastki qismlarigacha bo„lgan balandlik 2,5 metr qilib qabul qilinadi. 
Mahsulotlar saqlanadigan xonalar yuk tushirish maydonchalari bilan 
bevosita bog„lanib, o„tish yo„llarida joylashmagan bo„lishi kerak. Ularni yuvish 
va sanitariya uzellari, shuningdek, traplari mavjud ishlab chiqarish xonalari ostiga 
joylashtirishga yo„l qo„yilmaydi. Omborxonalarni loyihalashtirishda sabzovotlar 
yuk 
tushirish 
maydonchasidan aylanib o„tib, bevosita sabzovotlar 
obmborxonasiga tushirilishini ta‟minlash zarur.


122 
Sovutish kameralarini yagona blok ko„rinishida, balandligi 1,6-1,9 metr 
bo„lgan tambur orqali kiradigan qilib joylashtirish lozim.
Sovutiladigan kameralarning rejadagi o„lchamlari 2,2x2,4 metrdan, 
balandligi esa – 2,7 metrdan kam bo„lmasligi kerak. Ularni qozonxona, boyler, 
dushxonalar va harorati hamda namligi yuqori bo„lgan boshqa xonalar yonida
ostida va ustida joylashtirishga yo„l qo„yilmaydi. Sovutish kameralari ovqatlanish 
zalidagi o„rinlar soni 300 dan ortiq bo„lgan umumiy ovqatlanish korxonalari 
uchun loyihalashtiriladi. Sig„imi kamroq restoran, kafe va oshxonalarda katta 
sovutgichlar qo„llaniladi. 
Ovqat chiqindilari uchun sovutish kamerasi birinchi qavatda, chiqish 
tamburi tashqariga va yo„lakka qaratilgan holda loyihalashtiriladi. Qishloq 
joylarda bunday sovutish kamerasi xo„jalik zonasida ham joylashtirilishi 
mumkin. Ma‟muriy-maishiy xonalarni boshqa xonalardan alohida qilib 
joylashtirish lozim, bunda boshqa funksional vazifali xonalar bilan qulay 
bog„liqlikni ta‟minlashga e‟tibor qaratish kerak. Xodimlar uchun kirish yo„lini 
xo„randalar kirish yo„lidan, shuningdek yuk tushirish zonasidan alohida qilib 
loyihalashtirish zarur. Xodimlar uchun zinapoyalar xo„randalarni evakuastiya 
qilishda foydalanishni hisobga olgan holda joylashtiriladi. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin