O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna


 Mikrotuman markazi – kundalik xizmat ko„rsatish – mikrotuman



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

1. Mikrotuman markazi – kundalik xizmat ko„rsatish – mikrotuman 
darajasi – birinchi bosqich. 
Mikrotuman
– turar-joy binolari qurilmasining tuzilmaviy elementi, odatda 
10-60 gektar, lekin 80 gektardan ko„p bo„lmagan maydonda joylashadi. 
Mikrotuman magistal yo„llar va ko„chalar bilan qismlarga ajratilmaydi. 
Mikrotuman doirasida kundalik maishiy xizmat ko„rsatish korxonalari va 
muassasalari joylashgan bo„lib, ularning xizmat ko„rsatish radiusi 500 metrdan 
oshmaydi (maktab va maktabgacha ta‟lim muassasalari bundan istisno); 
chegaralari, odatda, magistral yoki turar-joy ko„chalari, piyoda yo„llari, tabiiy 
to„siqlar bilan belgilanadi. Mikrotuman markazi tarkibiga quyidagi jamoat 
binolari kiradi: 
- maktabgacha ta‟lim muassasalari
- maktab; 
- oziq-ovqat (sut, non va non mahsulotlari) do„konlari; 
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; 
- aloqa bo„limi; 
- bank filiali; 
- poliklinika. 
2. Turar-joy tumanining markazi – davriy xizmat ko„rsatish – turar-joy 
yoki rejalashtirilgan tuman darajasi – ikkinchi bosqich. 
Turar-joy tumani
– shaharning aholi istiqomat qiladigan hududining 
tuzilmaviy elementi, odatda, 80-250 gektar maydonni egallaydi va uning 
doirasida xizmat ko„rsatish radiusi 1500 metrdan oshmaydigan muassasa va 
korxonalar, shuningdek shahar ahamiyatiga ega ob‟yektlarning bir qismi 
joylashtiriladi; tabiiy va sun‟iy to„siqlar, magistral ko„chalar va umumshahar 
ahamiyatiga ega yo„llar bilan chegaralandi.
Turar-joy tumani markazi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- ixtisoslashtirilgan maktablar; 


12 
- bank bo„linmalari; 
- pochta muassasalari; 
- kutubxonalar; 
- katta bo„lmagan sport inshootlari; 
- klublar; 
- kinoteatrlar; 
- universal zallar; 
- kafe. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin