14
Sanitariya-himoya zonasi (SHZ)
– sanoat maydonchalari chegaralari va
turar-joy imoratlari, landshaft-rekreatsiya zonasi, dam
olish va kurort zonalari
o„rtasidagi hudud.
Sanitariya qoidalari korxonalar, inshootlar va boshqa ob‟yektlarning
sanitariya klassifikatsiyasiga bog„liq ravishda sanitariya-himoya zonalarining
o„lchamlariga, ularni tashkil qilish va obodonlashtirilishiga, ushbu o„lchamlarni
qayta ko„rib chiqishga bo„lgan talablarni belgilab beradilar.
Sport inshootlari,
parklar, ta‟lim muassasalari, umumiy foydalanishdagi davolash-sog„lomlashtirish
muassasalarini SHZ hududida joylashtirishga yo„l qo„yilmaydi. SHZ lar ichida
yong„in depolari, hammomlar,
kir yuvish korxonalari, garajlar, avtomobil va
mototsikllarni yakka tartibda saqlash uchun turargohlar, konstruktorlik byurolari,
o„quv muassasalari, poliklinikalar,
boshqaruv binolari, yoqilg„i quyish
stansiyalari, poliklinika, do„konlar, ushbu korxonalarga xizmat ko„rsatish bilan
bog„liq
ilmiy-tadqiqot laboratoriyalar, korxona xodimlari uchun sport-
sog„lomlashtirish inshootlarini joylashtirish mumkin. SHZ imkon qadar
ko„kalamzorlashtirilishi lozim. Turar-joy imoratlari joylashgan hududlar va
quyida sanab o„tilgan
sanitariya-texnik inshootlar, transport infratuzilmasi
inshootlari, kommunal soha ob‟yektlari, sport inshootlari va sado korxonalari
o„rtasida eni 50 metrdan kam bo„lmagan sanitariya-himoya zonasi tashkil
qilingan bo„lishi zarur:
- sport o„yinlarining o„tkazishga mo„ljallangan va 100 tagacha o„rinli
tribunalari bo„lgan ochiq turdagi jismoniya tarbiya-sog„lomlashtirish inshootlari;
- savdo
komplekslari, mayda ulgurji bozorlar, oziq-ovqat mahsulotlari va
sanoat mollari bozorlari;
- kamida ikki postga ega avtomobil yuvish joylari (avtomobillarga
qo„shimcha xizmat ko„rsatishsiz);
- bir smenada 500 kg gacha kir yuvish quvvatiga ega kir yuvish korxonalari;
- maishiy texnika, soat, poyafzal ta‟mirlash ustaxonalari (alohida
joylashtirilgan);
- “Tez yordam”
xizmati kichik stansiyalari;
- avtomatik telefon stansiyalari;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (statsionar va vaqtincha);
- kichik kimyoviy tozalash va kir yuvish korxonalari;
- alohida
joylashtirilgan
yopiq
jismoniy-tarbiya-sog„lomlashtirish
komplekslari, sport klublar, ochiq sport maydonchalari.
Dostları ilə paylaş: