O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna


  2.2. Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

17 
2.2. Funksional zonalash, xonalarni guruhlarga ajratish sxemasi 
Yuqorida qayd etilganidek, jamoat binosining barcha funksiyalarini 
“ustuvor” va “birgalikdagi” toifalariga ajratish mumkin
Jamoat binosidagi barcha funksional jarayonlarni, uning ustuvor funksiyasi 
qanday bo„lishidan qat‟iy nazar, quyidagilarga bo„lish mumkin: 
- umumiy; 
- o„ziga xos; 
- yordamchi. 
Binoning funksional vazifasi 
Binodagi funksional 
jarayonlar 
Binodagi funksional 
ustuvorliklar 
Jamoat xonalari 
Umumiy jarayonlar 
Bosh xonalar 
Turar-joy xonalari 
Yordamchi jarayonlar 
Birgalikdagi xonalar 
Ishlab chiqarish xonalari 
Maxsus jarayonlar 
Kommunikatsiyalar
Funksional funksiya 
Funksional konstruksiya 
Funksional shakl 
Funksional zonalash
– inshootni funksiyalarining umumiyligi bo„yicha bir 
turdagi xonalardan iborat guruhlardan iborat zonalarga bo„lish [2]. 
Funksional bloklar
– funksiyalari bo„yicha umumiy bo„lgan xonalar guruhi. 
Funksional zonalashning quyidagi turlari mavjud: 

gorizontal funksional zonalash
– barcha funksional bloklar bir sathda 
joylashib, o„zaro gorizontal kommunikatsiyalar bilan bog„lanadilar; 

vertikal funksional zonalash
– barcha funksional bloklar har xil sathlarda 
joylashib, o„zaro veritkal kommunikatsiyalar bilan bog„lanadilar; 

gorizontal-vertikal funksional zonalash
- yuqorida keltirilgan ikki 
turlarning mujassamligiga asoslanadi va amaliyotda eng ko„p tarqalgan tur 
hisoblanadi. 
Funksional zonalashning asosiy vazifasi – xonalar (yoki xonalar guruhlari) 
o„rtasidagi o„zaro bog„liqliklarni ularning aniq chegaralarini saqlagan holda 
aniqlash. Bu masala xonalarni muayyan tarzda guruhlash yordamida echiladi. 
Bunda xonalarni guruhlashning jamoat binosining ichki hajmi tashkil qilinishiga 
ta‟sir ko„rsatuvchi quyidagi asosiy sxemalarini belgilash mumkin: 
- yacheykali sxema; 
- yo„lakli sxema; 
- anfiladali; 
- zalli sxema; 
- atriumli sxema; 
- pavilonli sxema; 
- aralash (kombinatsiyalashgan) sxema. 


18 
Ushbu sxemalarning har birida batafsil to„xtatilib o„tamiz. 
Xonalarni guruhlashning 
yacheykali sxemasi
funksional jarayonlar alohida 
kechadigan mustaqil fazoviy yacheykalardan iborat qismlardan tashkil topgan. 
Yacheykalar ularni tashqi muhit bilan bog„lovchi umumiy kommunikatsiyaga 
ega. Xonalarni guruhlashning 
yo‘lakli sxemasi 
yagona funksional jarayonning 
qismlarini o„z ichiga oladi, bu qismlar umumiy chiziqli kommunikatsiya – yo„lak 
bilan bog„lanadilar. Xonalarni guruhlashning 
anfiladali sxemasi
bir-birining 
ketida joylashgan va o„zaro umumiy o„tish yo„li bilan bog„langan qator 
xonalardan iborat. Xonalarni guruhlashning 
zalli sxemasi
qismlarga ajratilmagan 
katta maydonlarni talab etuvchi funksiyalar uchun yagona bo„shliqni tashkil 
etishga asoslangan. 
Xonalarni guruhlashning 
atriumli sxemasi
yopiq ichki hovli – 
atrium
atrofida joylashgan va unga chiqadigan xonalardan iborat. Xonalarni 
guruhlashning pavilonli sxemasi xonalar yoki ularning guruhlarini alohida 
hajmlar – yagona 
kompozitsion 
yechim 
vositasida o„zaro bog„langan 
pavilonlarda taqsimlanishiga asoslanadi. Ushbu sxemalar mujassamlikda va 
birgalikda qo„llanilishida 
kombinatsiyalashgan
: yo„lakli-halqali, anfilada-halqali 
va shu kabi sxemalar yaratiladi. Xonalarni guruhlashning yuqorida keltirilgan 
sxemalari jamoat binosi yoki inshootining turli kompozitsion sxemalarini yaratish 
uchun asos bo„lib xizmat qilib, ular vositasida jamoat binosining hajmiy-rejali 
tuzilmasi shakllantiriladi. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin