O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna


 Maktabgacha ta‟lim muassasalarining yer uchastkalari



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
4.1. Maktabgacha ta‟lim muassasalarining yer uchastkalari 
Maktabgacha 
ta‟lim 
muassasalari 
mikrotumanlarning 
markazida 
joylashtirilgan bo„lib, foydalanish radiusi 300 metrdan ko„p bo„lmagan kundalik 
xizmat ko„rsatish muassasalari turiga mansub hisoblanadi. Ularga bo„lgan ehtiyoj 
mikrotuman aholisining demografik tarkibiga bog„liq ravishda bajarilgan hisob-
kitoblar bilan aniqlanadi. Maktabgacha ta‟lim muassasalarining binolaridan “qizil 
liniya”gacha masofa 25 metrdan kam bo„lmasligi lozim. Maktabgacha ta‟lim 
muassasalarining yer uchastkalari chegarasidan oynalari va kirish yo„llari bo„lgan 
turar-joy binolari devorlarigacha masofa 10 metrdan, oynasi va kirish yo„llari 
bo„lmasa – 5 metrdan kam bo„lmasligi kerak . 
Yer uchastkalarining maydoni bitta bolaga 30-40 m
2
hisobidan qabul 
qilinadi. Maktabgacha ta‟lim muassasalarining yer uchastkalari quyidagi 
funksional guruhlarni o„z ichiga oladi: guruhlarning maydonchalari, badantarbiya 
maydonchasi, rezavor mevalar tomorqasi, xo„jalik maydonchasi, daraxt va gul 
ekilgan maydonchalar. 
 
 


34 
4.2. Hajmiy-rejali yechim 
Maktabgacha 
ta‟lim 
muassasalarining binolari turli sig„imlarda 
loyihalashtiriladi: 1 tadan 12 ta guruhgacha yoki muvofiq tarzda 25 tadan 220 ta 
joygacha. Binoning maksimal balandligi – 2 qavat (alohida sharoitlarda 3 qavatli 
bino qurishga yo„l qo„yiladi). 
Maktabgacha ta‟lim muassasalarining barcha xonalari uchta katta guruhga 
bo„linadi: 
bolalar guruhlarining har biri uchun xonalar – 
guruh yacheykalari
(asosiy 
guruh xonasi va yotoqxona); 
umumiy xonalar 
– musiqiy va gimnastika mashg„ulotlari uchun zal; 
tibbiy, xizmat-maishiy xonalar, ovqat tayyorlanadigan blok, kir yuvish 
xonasi

Maktabgacha ma‟lim muassasalari maydonlarini bitta bolaga m
2
hisobidan 
quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilish tavsiya etiladi. 
Xonaning nomlanishi 
Umumiy turdagi MTM 
lari 
Ixtisoslashtirilgan MTM 
lari 
Yechinish-kiyinish xonasi 
0,9 
1,2 
Guruh xonasi, dam olish zonasi bilan 
4,3 
5,7 
Hojatxona 
0,8 
1,0 
Bufet 
0,15 
0,2 
Maxsus mashg„ulotlar o„tkaziladigan 
xona 

1,6 
Musiqa mashg„ulotlari o„tkaziladigan 
xona 
2,0 
4,0 
Gimnastika mashg„ulotlari 
o„tkaziladigan xona 
4,0 
5,0 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin