41
Ayrim predmetlarni chuqur o„qitishga ixtisoslashgan muassasalar,
gimnaziya va litseylarda
leksiya auditoriyasi
ko„zda tutilishi lozim. Ushbu
auditoriyaning o„lchamlari o„quvchilar yoshi bo„yicha 3 ta sinfdan ortiq
bo„lmagan sig„imga bog„liq
ravishda, har bir o„rin uchun 1 m
2
hisobidan
belgilanadi. Zamonaviy umumta‟lim muassasalaridagi rekreatsiyani zal
ko„rinishidagi variantda loyihalash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Maktab
binolarining kompozitsiyasi quyidagi asosiy turlarda ifodalanadi.
Maktab binosining
pavilon ko‘rinishidagi turi
o„quvchilar
yoshini hisobga
olib turib birlashtirishning maksimal darajasi ta‟minlanishiga imkoniyat yaratadi.
Bunda bloklarni funksional vazifalar bo„yicha ajratishga, gigienik talablarni
maksimal tarzda hisobga olishga erishiladi. Pavilon ko„rinishidagi
sxema iqlimi
issiq hududlar uchun qo„llaniladi.
Maktab
binosining
markazlashgan-blokli
turi
amaliyotda
keng
qo„llaniladigan namunaviy loyihalarga asoslanadi.
Maktab binosining
perimetrli turi
yopiq hovli atrofida shakllantiriladi.
Umumta‟lim muassasasining
rivojlangan markazli
loyihasi
yirik maktablar
qurilishida qo„llaniladi, bu turdagi o„quv muassasalarining loyihasi
o„quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini oqilona tashkil qilish imkoniyatini
beradi. Ichki hajmi yirik bo„lgan
kompakt (ixcham) turga
mansub o„quv
muassasalari. Maktab binolarining o„ta kompakt (ixcham) va rejalashtirilishi
o„zgaruvchan bo„lgan turi maydonlardan samarali foydalanishni ta‟minlab,
an‟anaviy turdagi maktab binolaridagi yacheykali strukturani o„zgartirish
imkoniyatini beradi.
Umuman olganda, maktab binolarining kompozitsion
rivojlanishida uchta asosiy yo„nalishni ajratish mumkin: markazlashtirilgan,
markazlashtirilmagan, rivojlangan markazli tizim.