45
Rassomlik va haykaltaroshlik ustaxonalari:
1- rassomlik ustaxonasi; 2 – haykaltaroshlik ustaxonasi; 3 – ombor; 4 – gips saqlanadigan
xona; 5 – loy, chiqindilar saqlanadigan xona.
Torli cholg„u asboblari, fortepyano, puflab chalinadigan va xalq cholg„u asbolari kabi
mutaxassisliklar bo„yicha yakka tartibda mashg„ulotlar o„tkazish uchun mo„ljallangan
xonalar:
1, 2 – yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonalar; 3 – yordamchi xonalar.
46
San‟at maktabining xoreografiya bo„linmasi. Universal zal:
1 – birlashtirilgan davriy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan universal xona; 2 – dushxonalari
va sanitariya bloklari mavjud yechinish-kiyinish xonasi.
47
150 o„rinli leksiya auditoriyasining funksional-gabaratli sxemalari (o„lchamlar
santimetrda berilgan).
5.5. O„quv komplekslarining turlari
O„quv kompleksi ta‟lim berish darajasi, shakli va kooperatsiyasi bir xil yoki
turlicha bo„lgan bir nechta o„quv muassasasi binolarining funksional, me‟moriy,
tashkiliy yoki hududiy birlashmasidan tashkil topadi. O„quv kompleksi turli
shakllarda tuzilishi mumkin. O„quv muassasalarining funksional vazifalari yoki
xizmat ko„rsatish tizimlarining o„xshashligi asosida birlashtirilishi eng oqilona va
istiqbolli shakl hisoblanadi.
O„quv kompleksida barcha professional o„quv muassasalari uchun majburiy
hisoblangan hamda har bir o„quv kompleksining o„zagini tashkil etuvchi va
48
shakllantiruvchi o„qitish, amaliyot va xizmat ko„rsatish kabi funksiyalar
birlashtirilishi lozim.
O„quv komplekslari o„z tarkibida turlicha mujassamlikdagi o„quv
muassasalariga ega monofunksional o„quv komlekslari (1-guruh) va tarkibida
o„quv muassasalaridan tashqari ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari
bo„lgan polifunksional o„quv komplekslari (2-guruh), shuningdek xizmat
ko„rsatish korxonalari (3-guruh) shaklida bo„lishi mumkin. Bevosita nazariy
o„qitish bilan bog„liq barcha xonalar (sinflar, kabinetlar, laboratoriyalar, leksiya
auditoriyalari, kutubxona) majmuasi
o‘quv kompleksini
tashkil etadi. Amaliyot
atamasi o„z tarkibiga kasb-hunarga o„rgatish va amaliy mashg„ulotlarni o„tkazish
uchun mo„ljallangan barcha xona va qurilmalarni (trenajerlar, o„quv-ishlab
chiqarish laboratoriyalar va ustaxonalar, poligonlar, sex va uchastkalar) oladi.
Ushbu kompleks tarkibiga quyidagilar kiritilishi lozim: madaniyat sohasida –
konsert zallari va konservatoriyalarning auditoriyalari, o„quv teatrlari; tibbiyot
sohasida – klinikalar; pedagogika sohasida – bolalar bog„chalari, maktablar va
boshqa asosiy o„quv muassasalari, o„quvchilarga xizmat ko„rsatish funksiyasi
yirik o„quv komplekslari qoshidagi xonalarda, ya‟ni ovqatlanish, maishiy va
tibbiy xizmat ko„rsatish, madaniyat va dam olish xonalarida amalga oshiriladi.
Yotoqxonalar ham ushbu guruh tarkibiga kiradi. Ko„p funksiyali tarmoq o„quv
kompleksi – o„quv muassalari tomonidan o„qitish funksiyasining yagonaligi
asosida shakllantiriladigan bino va inshootlar majmuasi. Bunday kompleks bir
tarmoqqa taalluqli bo„lsada, lekin ta‟lim darajasi turlicha bo„lgan o„quv hamda
malaka
oshirish
muassasalarini
birlashtiradi.
Bu
kabi
komplekslar
birlashtiriluvchi muassasalarning mansubligiga bog„liq ravishda idoralarning
o„quv komlekslariga va yirik korxonlar, ishlab chiqarish birlashmalarining o„quv
komplekslariga ajratilishi zarur. Idoraviy o„quv komplekslari muayyan hudud
(viloyat, shahar, tuman)da joylashgan korxonalar, muassasalar guruhi uchun
tegishli ixtisos bo„yicha mutaxassislarni tayyorlovchi o„quv muassasalaridan
shakllantiriladi. Bu kabi komplekslarga quyidagilar kiradi:
- tanlangan ixtisos bo„yicha uzluksiz ta‟lim olish va eng iqtidorli
o„quvchilarni tanlab olish imkoniyatini beruvchi bolalar musiqa maktabi, musiqa
bilim yurti va konservatoriyadan iborat madaniyat sohasiga mansub o„quv
kompleksi;
- o„quv-pedagogika kompleksi, bunda pedagogika oliy o„quv yurti bazasida
maktabgacha ta‟lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar kollejlari birlashtiriladi;
OO„Yu va ko„rsatilgan o„quv muassasalarining birlashtirilishi bo„lg„usi pedagog
uchun barcha yoshdagi tarbiyalanuvchi va o„quvchilarga ta‟lim berish va ularni
o„qitish jarayonini to„liq kuzatish va o„rganish imkoniyatini beradi;
49
- savdo-maishiy xizmat ko„rsatish o„quv kompleksi, bunda o„quv kombinati,
kasb-hunar bilim yurti va savdo texnikumi kabi muassasalarni birlashtirish
maqsadga muvofiq bo„ladi;
- agrosanoat o„quv kompleksi, bunda o„quv xo„jaligining umumiy bazasida
(er va texnika) o„quv kombinati, kasb-hunar bilim yurti, texnikum va OO„Yu
kafedrasi birlashtiriladi. Birlashtirilgan o„quv komplekslaridagi o„quv va jamoat
binolarining taxminiy tarkibi quyidagi jadval bo„yicha qabul qilinadi:
Komplekslar tarkibi
Birgalikda
foydalanishda bo„lgan
zonalar
Birgalikda foydalanishda bo„lgan xonalar
guruhi
Dostları ilə paylaş: |