3. Jamoat muassasalari bilan birlashtirilgan ta’lim muassasalari Kasb-hunar kolleji +
qishloqdagi tuman
madaniyat markazi
Sport
Majlislar zali, to„garaklar uchun xonlara,
o„quv-sport xonalari, ovqatlanish xonalari
Oliy o„quv yurti +
shaharning madaniy-
sport markazi
Sport, madaniy, dam
olish,
ko„kalamzorlashti-
rilgan, xo„jalik
Shu kabi
Xizmat ko„rsatish
tarmog„ining o„quv
muassasasi
Xo„jalik, dam olish,
ko„kalamzorlashti-
rilgan
Ishlab chiqarish amaliyoti uchun xonalar
Polifunksional o„quv kompleksi – tarkibiga o„quv muassasasi boshqa
muassasalar bilan (masalan, o„quv-madaniy, o„quv-davolash, o„quv-ishlab
chiqarish, o„quv-ilmiy komplekslar shu kabilar bilan) teng huquqda va o„zaro
bog„liq ravishda kiritilgan jamoat binolari kompleksi.
Masalan, savdo-xizmat ko„rsatish muassasalari bilan birlashtirilgan o„quv
muassasalari polifunksional kompleksni shakllantirib, aholiga xizmat ko„rsatish
bir vaqtning o„zida xodimlar uchun ishlab chiqarish hisoblanadi. Tarkibiga
madaniyat o„quv muassasalari kiritilgan madaniyat markazlari aholi tomonidan
foydalaniladigan xonalar tarkibini (o„quv teatri, konstert zali, ko„rgazma zallari)
sezilarli darajada kengaytiradi, o„quvchilar esa, o„z navbatida, aholiga xizmat
ko„rsatishda ishtirok etadilar. Ko„p tarmoqli kasalxona nafaqat aholiga malakali
tibbiy xizmat ko„rsatish bilan shug„ullanadi, balki tibbiyot instituti yoki
shifokorlar malakasini oshirish instituti, o„rta tibbiy xodimlarni tayyorlash
markazi, turli ilmiy tadqiqotlar o„tkazish bazasi bo„lib xizmat qilishi mumkin.
O„quv kompleksi shaharsozlik ob‟yekti sifatida shaharda o„quv zonasini
shakllantiradi, ya‟ni shaharning ixtisoslashtirilgan markazi hisoblanadi. O„quv
muassasalari birlashtirilishining turli shakllarini ularning asosiy funksiyalari
hisoblangan o„qitishga, ta‟lim berishga bog„liq ravishda ko„rish va o„rganish
lozim. Aytish lozimki, mamlakatimizda bu kabi komplekslarni o„zlashtirish asta-
sekin amalga oshirilmoqda va ularning yakuniy shaklga ega bo„lmagan turli
variantlari mavjud. Shuning uchun ham ushbu bo„limda ularni loyihalashtirish
bo„yicha prinsipial yondoshuvlar bayon etilgan.