65
buyumlar va pul saqlanadigan muassasa sifatida juda mustahkam va ishonchli,
begonalar kirishiga yo„l qo„ymaydigan binoga ega bo„lishi lozim.
Funksional bloklarning har biri aniq tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarga
bog„liq ravishda rivojlangan va takomillashib borgan. Bank binolari qurilishining
quyidagi asosiy bosqichlari XX asr uchun xosdir:
- Birinchi Jahon urushidan so„ng G„arbiy Yevropa mamlakatlarida bank
binolariga bo„lgan talab sezilarli darajada ortishi;
- 1930-yillarda, iqtisodiy inqirozdan keyin, AQSh va Kanadada bank
binolariga bo„lgan talabning kuchayishi;
- Ikkinchi Jahon urushidan keyin xalq demokratiyasi mamlakatlarida bank
binolariga bo„lgan ehtiyojning ortishi;
- 1960-yillarda kolonializm tizimning tugatilishi G„arbiy Yevropada bank
binolariga bo„lgan talabning o„zgarishi;
- 1980-yillarning oxiri va 1990-yillar boshida mamlakatda ro„y bergan
ijtimoiy va iqtisodiy o„zgarishlar natijasida bank binolariga bo„lgan ehtiyojning
keskin ortishi.
Dostları ilə paylaş: