O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

 
 
 
Moskvadagi (Rossiya) Xalqaro musiqa uyi, arxitektorlar Yu.Gnedovskiy, 
V.Krasilnikova, D.Solopov, M.Gavrilova, S.Gnedovskiy,
2000-2002. 
 


81 
9.1. Kinoteatr binolari 
Kinoteatrlar 
yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatuvchi
(bitta zalli, ko„p zalli) va 
mavsumiy
(yozgi ochiq va yozgi yopiq) bo„lishi mumkin. 
Kinoteatrning asosiy xonasi – tomoshabinlarga film ko„rish uchun qulay 
sharoitlarni ta‟minlab beruvchi tomosha zalidir. Zalning shakli – to„g„ri 
to„rtburchakli, trapestiyasimon yoki yarim aylana. Kinoteatrlar tarkibida kafe va 
klub faoliyatini yuritish hamda bolalar bilan ishlash uchun mo„ljallangan 
universal zallar mavjud bo„lgan kompleks shaklida ham loyihalashtirilishi 
mumkin. Bugungi kunda, ya‟ni kinoga bo„lgan qiziqishning yangicha ko„rinishi 
qayd etilayotgan davrda, kinoteatr binolari xuddi boshqa jamoat binolari kabi, 
birinchi navbatda, yuqori darajada 
texnologik jihozlanganlik
va 
universallik
kabi 
xususiyatlarga ega bo„lishi lozim. Tomosha zalining bosh fasadga nisbatan 
joylashuvi – kinoteatrlarni kompozitsiyasi bo„yicha tasniflashning umumiy 
alomatidir. 
Chuqur
, ya‟ni tomosha zali binoning chuqur ichkarisida joylashgan 
kompozitsion yechimda zalning bo„ylama o„qi fasad tekisligiga perpendikulyar, 
frontal
kompozitsion yechimda esa – parallel bo„ladi. Bu kompozitsion yechimlar 
tomosha zalining birinchi yoki ikkinchi qavatda joylashishiga qarab 
gorizontal
va 
vertikal
yechimlarga ajratiladi. Ta‟kidlash zarurki, bunday klassifikatsiya 
umumlashtirilgan bo„lib, turlicha ifodalangan kompozitsion yechimlarni tuzish 
uchun asos bo„lib xizmat qiladi. 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin