Kinoapparatlar o„rnatilgan xonalar rejasi: A – keng formatli kinoteatr uchun; B – keng ekranli kinoteatr uchun;
V – mavsumiy kinoteatr uchun; 1 – kinomexanik xonasi; 2 – apparatlar xonasi;
3 – kinoproektor xonasi; 4 – plyonkani qayta o„rash xonasi; 5 – ustaxona;
6 – yo„lak.
Kinoapparatlar kompleksi Kinoapparat xonalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- kinoproektor xonasi (odatda, uchta kinoproektor joylashtiriladi) va
yordamchi xonalar;
- kinoproektorlarni sovutish agregati joylashgan xona;
- kinomexanik xonasi.
Kinoapparat xonalari majmuasida bevosita ko„chaga olib chiquvchi alohida
evakuastiya yo„li ko„zda tutilishi lozim.
9.2. Teatr binolari Teatr binosi, yuqorida qayd etilganidek, o„z strukturasi bo„yicha sahna va
tomoshabinlar uchun mo„ljallangan qismlarga bo„linadi. Birinchi qism tarkibiga
sahnaga xizmat ko„rsatuvchi barcha xona va inshootlar, ikkinchi qism tarkibiga
esa – tomosha zali, foye, kuluarlar (teatr zalining yon tomonidagi yordamchi
xonalari va yo„laklari), tomoshabinlarni taqsimlovchi va kassa vestibyullari
hamda tomoshabinlarga xizmat ko„rsatuvchi xonalar majmuasi kiradi. Teatr
binosining sahna qismi teatr binosi umumiy hajmining taxminan 60-70% ni,
tomoshabinlarga xizmat ko„rsatuvchi qismi esa – 40-30% ni tashkil qiladi. Bu
kabi bo„linish teatr binosining mohiyati haqida umumiy tasavvurga ega bo„lish
imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham teatr binosini uning strukturasini
quyidagi sxema bo„yicha tabaqalashtirgan (differensiyalashtirgan) holda ko„rib
chiqish maqsadga muvofiqroq bo„ladi:
- tomoshabinlar uchun mo„ljallangan kompleks xonalari;
- tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari (tomosha zali, sahna;
sahnani texnologik ta‟minlash xonalari);
85 - sahnaga xizmat ko„ratish xonalari (ijodiy va texnik xodimlar uchun;
omborxonalar):
- ma‟muriy-xo„jalik xonalar;
- ishlab chiqarish xonalari.