O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti qodirova Surayyo Adilovna



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/72
tarix02.12.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#137011
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
AA-5-Jamoat binolari. Qodirova

88 
 
Kolosnikli chuqur sahna, cho„ntaklar va arersahna tuzilishining asosiy sxemalari 
(mexanik uskunalash variantlari shartli ravishda ko„rsatilgan): 
a-g – bitta cho‘ntakli arersahnasiz; j-i – ikkita cho‘ntakli; k-l – arersahnali cho‘ntaksiz;
m – cho‘ntaksiz va arersahnasiz. 
Sahna ostidagi planshetda rejadagi o„lchamlari sahna o„lchamlariga teng 
bo„lgan tryum ko„zda tutiladi. Tryumning turtib chiqqan konstruksiyalarning 
pastki qismlarigacha bo„lgan balandligi kamida 2,2 metr qilib olinadi. Qoplama 
planshet uskunalari, o„yib o„rnatiladigan aylanuvchi doira, halqali doira 
qo„llanilganida, shuningdek bu kabi uskunalar bo„lmaganida tryum bir qavatli 
qilib loyihalashtiriladi. Barabanli aylana, ko„taruvchi-tushuruvchi maydonchalar 
va shunga o„xshash sahna uskunalarini loyihalashtirishda tryum qavatlarining 
soni loyihada belgilanadi. 
Sahna oldi
zalga bo„rtib chiqqan qilib, to„g„ri chiziqli 
yoki tomoshabinlar o„rindiqlari zonasiga aylanib tutashadigan tarzda 
loyihalashtiriladi. Sahna oldining yon qanotlari (kaliperlari) tomosha zalining 
ko„ndalang o„tish yo„llari bilan kesishguncha davom ettirilishi mumkin.


89 
Sahna oldining uzunligi qurilish portali kengligidan kam bo„lmagan qilib 
loyihalashtiriladi. Yon qanotlar bo„lmagan hollarda sahna oldidan tomoshabinlar 
o„tiradigan birinchi qatorgacha zaldagi o„tish yo„llariga olib boruvchi kamida 
ikkita zina yoki pandus loyihlashtiriladi. Shuningdek, sahna oldi perimetri 
bo„yicha yaxlit zina ko„zda tutilishi ham mumkin. Sahna pardasi tushirilgan 
holatlarda ham sahna oldiga chiqish uchun imkoniyat yaratilishini ta‟minlash 
tavsiya etiladi. 
Pol sathidan turtib chiqqan konstruksiyalarning pastki qismlarigacha 
balandlik 2,1-2,4 metr qilib qabul qilinadi. Orkestrning bitta artisti uchun 
maydon – kamida 1,3 m
2
. Loyihalashtirishda orkestr o„rasi o„rnini yopish va o„ra 
to„sig„i hamda polini o„zgartirish imkoniyatlarini ko„zda tutish tavsiya etiladi. 
Sahna oldining orkestr o„rasi ustiga osilib turishi dramatik va musiqali-dramatik 
teatrlarda o„ra kengligining 1/3 qismini, musiqali komediya hamda opera va balet 
teatrlarida ¼ qismini tashkil etadi. Orkestr o„rasi o„rnining yon tomonlarida 
(tomosha zali devorlaridan hisoblaganda) eni kamida 1,2 metrni tashkil qiluvchi 
sahna oldi uchastkalari qoldiriladi. Sahna oldi orkestr o„rasi ustidan osilib 
turganida orkestr o„rasida sahna tomonga pasayib ketuvchi zinapoyasimon pol 
loyihalashtirilishi mumkin. Tomosha zalining tuzilishi sahna bilan uzviy 
bog„liqdir. Misol uchun, sahnada ro„y berayotgan voqealarni portal kengligi bilan 
chegaralangan o„rinlar zonasida bemalol ko„rish, eshitish va anglash mumkin. 
Dramatik teatrda tomoshabin aktyor mimikasini sahna “qizil liniyasi”dan 25 metr 
uzoqlikdan tushuna oladi. Opera teatrida bu masofa 32 metrni tashkil qiladi. 
Undan tashqari, yaxshi ko„rish va eshitishning eng qulay gorizontal va vertikal 
burchaklari ham me‟yorlanadi. Tomosha zalining ikkita asosiy turi mavjud –
yarusli
va 
amfiteatr

Tomosha zalining hajmi dramatik teatrda bitta tomoshabin o„rni uchun 4-6 
m
3
, opera teatrida – 6-8 m
3
qilib hisoblanadi. Zaldagi tomoshabinlarning o„rinlari 
bitta tomoshabin uchun 0,7-0,8 m
2
hisobidan loyihalanadi. 
Bitta zalda janri va sahnaviy yechimlari turlicha bo„lgan spektakllar, jamoat 
tadbirlari, kinofilmlar, konstertlar va shu kabi tomoshalarni namoyish qilishda 
zarur bo„lgan shart-sharoitlarni ta‟minlash uchun sahna va tomosha zalining 
transformatsiyasi qo„llaniladi. Teatrlarda 
rejali
va 
fazoviy
transformatsiyalar, 
shuningdek ularning turlicha kombinastiyalari qo„llanilishi mumkin. Sahna va 
zalda me‟moriy-rejali yechimlarning turli variantlarini rejali transformatsiya 
yordamida yaratgan holda turli tadbirlarni o„tkazishda zal va sahnaning asosiy 
parametrlari – hajmi va shakli o„zgartirilmaydi. Fazoviy transformatsiya esa 
radikal vosita hisoblanib, u yordamida zallarning nafaqat shakli va hajmini, 
shuningdek sonini ham o„zgartirish mumkin.


90 
Natijada, har bir o„tkaziladigan tadbir uchun zarur hajm va shaklga ega 
zalga ega bo„lish hamda inshootdan foydalanish samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari yaratiladi.
Sahna qoshida texnologik ta‟minot xonalari: yon tomondagi devorlarni 
yoritish lojalari: zal tepasiga olib chiqiladigan sofitlar saqlanadigan xonalar 
(tomosha zali tepasida), chiroq proektorlari, chiroq apparatlari xonalari (tomosha 
zalining orqa devori ortida): frontal yoritish chiroqlari uchun xona (frontal 
yoritish lojasi), ovoz apparaturasi o„rnatilgan xona, diktorlar va tarjimonlar 
kabinalari, ovoz operatori lojasi (tomosha zalining orqa devori ortida yoki 
tomosha zali tarafdan shu devor yonida); rirproeksiya xonasi (sahna yoki 
arersahna ortida); tiristor xonasi (sahna yaqinida). 

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin