100
Kirish zonasi
. Muzeyga kirish zonasi “qizil liniya”dan kamida 15 metr
masofada joylashib, ba‟zida ochiq joydagi eksponatlar o„rnatilgan holda,
psixologik tayyorgarlik zonasini tashkil qilishi lozim.
Muzeyga
yaqinlashishda
bu
zonada
psixologik nuqtai
nazardan
vaekspozitsiya bilan tanishish uchun diqqat yo„nalishini o„zgartirish maqsadida
tashrif buyuruvchilarga zarur bo„lgan pauza yaratiladi.
Kirish zonasini
obodonlashtirishda kichik me‟moriy shakllar, axborot va reklama vositalari,
ayrim hollarda esa – yirik va predmetli eksponatlar ishlatiladi. Kirish zonasi
yaqinida ekskursiya avtobuslari va avtomashinalar turargohi tashkil qilinadi.
Kirish zonasi, bino joylashuvi va uning tevaragiga bog„liq ravishda, hashamdor
va
tantanavor yoki, aksincha, oddiyroq qilib tashkil qilinishi mumkin. Muayyan
shaharsozlik sharoitlarida jamoat markazi maydonining bir qismi muzeyga kirish
zonasi bo„lib xizmat qilishi mumkin. Avtomobil turargohlari 100 ta tashrif
buyuruvchi uchun 10-15 o„rin hisobidan tashkil qilinadi.
Ekspozitsiya zonasi
funksional va kompozitsion nuqtai nazardan eng muhim
ahamiyatga ega. Ekspozitsiya muzey uchastkasida bino yaqinida joylashishi yoki
tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida ko„cha bilan bog„langan bo„lishiham
mumkin.
Bu
zona
relefning
tabiiy
imkoniyatlariva
obodonlashtirish
elementlaridan foydalanib tashkil etilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmasi bilan
ajralib turadi. Ekspozitsiya,
aksariyat hollarda, bino yaqinida, ichki hovlilar va
birinchi qavatning qurilmalari bo„lmagan qismi – galereya, o„tish yo„llari va shu
kabilarda joylashtiriladi. Ekspozitsiya, muzeyning ta‟sir
zonasiga yon-atrofdagi
maydonlarni kiritish maqsadida,muzey yoniga, tomoshabinlar yig„iladigan
joylarga olib chiqilgan holda, ko„cha yoki maydon bilan bog„lanishi mumkin.
Ochiq ekspozitsiya uchun rivojlangan stokolli qavatlar qoplamalari,
maxsus
podiumlar va maydonchalar ajratiladi. Ba‟zida, eksponatlarni turli rakurslardan
ko„rish uchun, ekspozitsiya relef bo„yicha turli, jumladan chuqurlashtirilgan
sathlarda ham joylashtiriladi. Eksponatlari chimli ochiq maydonchalarda,
daraxtlar guruhi ichida joylashtirilgan xushmanzarali
rejaviy tuzilmalar keng
tarqalgan. Bunday joylashtirishda tomoshabinlar muayyan manzaraga ega
yo„nalish bo„yicha harakatlanadilar.