111
10.6. Konstruktiv yechim
Yangi konstruksiyalarni rivojlanishi muzeylarning me‟moriy yechimlari
to„g„risidagi tasavvurlarni ancha kengaytirishi asnosida zamonaviy muzeylar
arxitekturasida turli fazoviy tuzilmalarning murakkab shakllari, xuddi an‟anaviy
sodda shakllar kabi, muhim va ahamiyatli o„ringa ega bo„lmoqdalar.
Muzey binosining konstruktiv yechimi ikki yo„nalishda, ya‟ni faqat
funksional ehtiyojlarni qondirishga yo„naltirilgan va ob‟yektning me‟moriy-
kompozitsion yechimidagi muhim element sifatidatalqin qilinishi mumkin.
Birinchi holatda konstruktiv yechim kompleksning,birinchi navbatda, katta
o„lchamli bo„shliqlar (atriumlar, ekspozitsiya va konstert zallari) qulay faoliyat
yuritishini ta‟minlashga, shuningdek fondlar saqlanadigan xonalar kompleksining
ishonchli va maqsadga muvofiq tarzda tashkil qilinishiga qaratiladi. Inshoot
interyerida erkin, bir-biri bilan uzviy ketma-ketlikda almashinib boradigan
bo„shliqlarni tashkil qilish uchun karkasli sxemadan foydalanish maqsadga
muvofiq. Bu, modernizmga xos bo„lgan yechim arxitekturani minimal xarajatlar
bilan hal qilish imkoniyatini yaratish bilan birga boshqa yechimlardan (masalan,
turli osma panellardan, o„ziga xos bezaklarni qo„llash va hk.) foydalanish uchun
ham variantlarni taqdim etadi. Fermalardan foydalanish asta-sekin fazoviy
qoplamalarni qo„llash bilan almashtiriladi. Ikkita ulkan ramalar (bir qavat uchun)
asosida bajarilgan orayopma qavatlararo bo„shliqni yordamchi xonalar va
omborxonalarni joylashtirish uchun xizmat qiladi. Katta oraliqli fazoviy
konstruksiyalarning ishlatilishi tayanchsiz bo„shliqlarni yopishda ish beradi,
bunda ular binoga ham interyer, ham tashqi qiyofa nuqtai nazarida o„ziga xos
ifodalilik va ma‟no beradilar. XX asrda fazoviy qoplamalarning barcha turlaridan
foydalanilgan: bir va ikki tomonlama egrilikka ega qobiqlar (giparlar
ko„rinishidagi), qubba va gumbazlarning barcha turlari, burma va qat-qat
qoplamalar, pnevmatik va havo ko„taruvchi qobiqlar, shuningdek murakkab
yig„ma konstruksiyalar. Bugungi kundagi amaliyotda tomosha zallari
bo„shliqlarini yopish maqsadida fazoviy shakllar ko„p qo„llaniladi.
Dostları ilə paylaş: